Dilshod Nuraliev - "Lokomotiv" U-21 bosh murabbiyi
12 fev 2020 18:26
Yangiliklar


Dilshod Nuraliev - "Lokomotiv" U-21 bosh murabbiyi
"Loko" yoshlarining bu yilgi U-21 chempionatidagi o'yinlari Dilshod Jo'raevich qo'l ostida o'tkaziladi. Futbol muxlislariga yaxshi malum, Dilshod Nuraliev faoliyati davomida bir qancha futbolchilarni tarbiyalab bergan.
Xususan uning qo'l ostida O'zbekiston U-16 terma jamoasi 2012 yil Eronda o'tkazilgan Osiyo chempionatida oltin medallarni qo'lga kiritgan. SHuningdek, 2013 yil BAAda tashkil etilgan U-17 jahon chempionatida chorak finalga qadar etib borgan.
O'ylaymizki, Nuraliev qo'l ostida to'p tepadigan "Lokomotiv" tarbiyalanuvchilaridan kelajakda yaxshi futbolchilar etishib chiqadi. Dilshod Jo'raevichga murabbiylar shtabida Rifat Akramxo'jaev (murabbiy), Konstantin Kuznecov (murabbiy), Anvar Jabborov (darvozabonlar murabbiyi), Rustam Mehmonov (shifokor), Abdurahim Sarimsoqov (massajchi) hamda Bekzod Arslonov (administrator) yordam berishadi.
"Lokomotiv" U-21 jamoasiga yangi boshlanadigan mavsumda omad va zafarlar tilab qolamiz.
"Lokomotiv" PFK matbuot xizmati.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar