So’nggi yangiliklar

11:28"Арсенал" "Милан" етакчиларидан бирини нишонга олди  0 11:01«Бавария» Флориан Виртц учун қанча пул сарфлашга тайёрлиги маълум  0 10:34Кечаги мағлубиятдан сўнг «Манчестер Сити» қандай антирекордларни ўрнатди?  10 10:05Аморимнинг «қора» рўйхатига тушган футболчилар маълум. МЮ 7 нафар футболчи билан хайрлашишга тайёр  12 09:37Sofascore. Кечаги учрашувда Ҳусниддин Алиқуловнинг ҳаракатлари неча баҳога лойиқ кўрилди?   1 09:05Гвардиола кечаги мағлубиятдан сўнг нималар деди?  7 08:36Sofascore. Кечаги учрашувда Аббосбек Файзуллаевнинг ҳаракатлари неча баҳога лойиқ кўрилди?  1 08:06Саудия Арабистон чемпионати. «Ал Ҳилол» мавсумдаги илк мағлубиятини қабул қилди  1 07:38Суперлига. Бугун 25-тур якунланади  1 04:12"Андижон" ўз уйида "Динамо"ни йирик ҳисобда мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 04:07Чемпион "Насаф" Фарғонада "Нефтчи"га мағлуб бўлган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  1 02:57Ла Лига. "Барселона" "Сельта"га қарши ўйинда сўнгги дақиқаларда иккита гол ўтказиб, ғалабани қўлдан чиқарди  117 02:06"Челси" 100 миллионлик форвардни харид қилмоқчи?!  3 00:29А Серия. "Милан" ва "Ювентус" ўртасидаги ўйин нурсиз дуранг билан якунланди  9 00:26АПЛ. "Манчестер Сити" ўз уйида "Тоттенхэм"га йирик ҳисобда таслим бўлди  31

Dilshod Nuraliev: "Gap murabbiyning qaerdan ekanligida emas, balki Katanec to'g'ri tanlovdir" Yangiliklar

Dilshod Nuraliev: "Gap murabbiyning qaerdan ekanligida emas, balki Katanec to'g'ri tanlovdir"

Toshkentning "Lokomotiv" klubi avvalgi mavsumlardan etiboran o'zining akademiyasiga katta etibor qaratishni boshladi. Yoshlar bilan ishlash siyosatini yo'lga qo'ydi.

Buning samarasi o'laroq bosh jamoada klub tarbiyalanuvchilarining soni ortdi. SHu kunga qadar asosiy tarkibda 10ga yaqin yoshlar debyut qilishga ulgurdi. Javohir Alijonov, Dilshod Komilov, Jaloliddin Jumaboev, Aziz Amonov shular jumlasidandir. Bunda albatta "Lokomotiv" o'rinbosarlar jamoasining to'g'ri faoliyat olib borayotganligi o'z so'zini aytmoqda. Mazkur jamoa tarkibi yildan yilga yosharib borishi natijasida o'zini ko'rsatish istagi tug'ilgan iqtidorlarga katta yo'l ochmoqda. Ular orasida viloyatlardan keltirilgan futbolchilar ham borligini aytib o'tish joiz. Hususan, bu yil "Odil Junior" akademiyasi taribiyalanuvchisi bo'lgan 18 yoshlik Ali Abdurahmonov U-21 chempionatida o'zini ko'rsatayotgan bo'lsa, U-18 Birinchiligida 8ta to'p bilan to'purarlar qatorida ketmoqda. Biz shu va boshqa mavzular yuzasidan bosh murabbiy Dilshod Nuralievning fikrlari bilan qiziqdik.

- "Lokomotiv" U-21 jamoasida o'tgan yilgiga qaraganda tarkib yosharganini va yangi nomlarni ko'rishimiz mumkin. Dastlab bu boradagi fikrlaringizni bildirib o'tsangiz. Oldinlari o'rinbosarlar jamoasida hattoki yoshi katta futbolchilarni ham ko'rardik...

- To'g'ri aytdingiz. Hozirda jamoamizda 2003, 2004, 2005 yilda tug'ilgan yosh futbolchilar ham to'p tepmoqda. Ularni izlab futbol maktabimizga olib kelib o'rtoqlik o'yinlarida, rasmiy bahslarda sinab ko'rmoqdamiz.  Oldimizga iloji boricha tarkibni yoshartirish vazifasi qo'yilgan.  Maqsadimiz asosiy tarkibga iloji boricha ko'proq futbolchilarni etkazib berish. Kamchiliklar juda ko'p. Buni tushunib turibmiz. O'ylaymanki, to'g'ri yo'ldan ketmoqdamiz. 

- Odatda xorijdan kelgan tajribali murabbiylar tayyor futbolchilarni o'ynatishni yaxshi ko'rishadi. CHunki undan natija talab qilinadi. Mikael Sekeyra o'rinbosarlar jamoasi bilan qay darajada qiziqmoqda? Etibori qanday?

- Etibor qaratishga qaratmoqda. Baribir hozirda o'rinbosarlar jamoasida birdaniga asosiy tarkibda o'ynab keta oladigan futbolchi kam bo'ladi. Sekin-asta o'yin natijasidan kelib chiqib tushirsa maqsadga muvofiq bo'lardi. Joriy yilda to'rt nafar yosh futbolchimiz bosh jamoaga berildi. Humoyun Abdualimov, Igor CHikrizov, avvalgi mavsumda Jaloliddin Jumaboev, Javohir Alijonov, Dilshod Komilovlar debyut qilishgandi. 

- Bevosita mutaxassis sifatida terma jamoamizga Srechko Katanecning tayinlanishiga munosabat bildirsangiz? Oldingi intervyularingizda bizga ko'proq Ispaniya tajribasi kerakligini aytgandingiz...

- Terma jamoa murabbiyini muhokama qilish mening vakolatimga kirmaydi. Lekin mutaxassis sifatida shuni aytishim mumkinki, mana bir necha yil turli yoshdagi terma jamoalarda ishlab keldik. Xorijlik murabbiy o'z nomi bilan xorijlik. U kelsa birinchi navbatda sharoitlar yaratib berishga urinishadi. O'zimizning murabbiylarga unchalik qilishmasa ham. Ikkinchidan chet ellik murabbiy Evropadagi talabga muvofiq ish olib boradi. Evropada talab kuchayib bormoqda. Yangiliklar juda ko'p. Oldinlari terma jamoalarda ishlaganimda ko'p xorijga chiqar edik. Xalqaro turnirlarda ishtirok etganmiz. Tajriba almashish imkoni bo'lardi. Gap murabbiyning qaysi davlatdan ekanligida emas. Balki Katanec tanlovi to'g'ridir. Hammasini vaqt ko'rsatadi. 

- Sizningcha futbolchi murabbiyni tanlashi kerakmi yoki murabbiy futbolchini? 

- Bu narsa noto'g'ri. Futbolchi hech qachon murabbiyni tanlashi u yomon yoki bu yaxshi deyishi kerakmas. Aksincha murabbiy futbolchini tanlashi lozim. Hamma murabbiy ham yaxshi futbolchini istaydi. Maydonda o'zini ko'rsatgan futbolchining xulq-atvori terma jamoaga to'g'ri kelmasligi mumkin. 

- Nima uchundir bizda 1996-1997 yilda tug'ilgan futbolchilardan so'ng qandaydir yaxlti tizim parchalangandek bo'ldi. Qatar misolida oladigan bo'lsak Feliks Sanches o'zi yoshligidan tarbiyalagan futbolchilar bilan yakunda Osiyo kubogida zafar quchdi. Yoki o'z vaqtida Mahdi Ali 1989 yilda tug'ilgan futbolchilar bilan Osiyo chempionati, Osiyo o'yinlari, Jahon chempionatida kuchli jamoalar qatoriga kirgan. Yakunda mazkur avlod olimpiyadagi yo'llanman qo'lga kiritgan, 2015 yil Avstraliyadagi Osiyo kubogida bronza medallariga ega chiqdi. Bizda ham mana shu tizimni yo'lga qo'yish vaqti kelmadimikin? Deylik "Olimpik" mana shu yo'ldan ketayotgandek taassurot qoldirmoqda...

- "Olimpik" loiyhasi natija beradimi yok yo'qmi buni vaqt ko'rsatadi. Biror davlatda bu narsa ish berdi yoki bermadi, deya olmayman. Eng yaxshi futbolchilarni bir jamoaga yig'ishning iloji yo'q.  Bu mumkin ham emas. SHaxsiy fikrim shunday. Lekin mana ko'rinyapti iqtidorli kelajagi bor futbolchilar to'p tepmoqda. Ular bilan to'g'ri ishlab, o'yinni yaxshi yo'lga qo'ysa natija berishiga ishonaman. Qatar loyihasi haqidagi savolni rahbarlarga berganingiz maqul. Bu yurt terma jamoasi bosh murabbiyi Feliks Sanches bilan birga boshlaganmiz. Ikkimiz ham 1996 yilda tug'ilgan futbolchilarni shakllantirganmiz. Endi bizda natija ko'rsatsangiz yaxshi, ko'rsatmasangiz darrov yomon otliqqa chiqasiz. Nafaqat o'zim, balki qolgan murabbiylar misolida ham aytmoqdaman. Feliks Sanches turli yoshdagi terma jamoalarda ishlagan. Unda ham hech qanday natija bo'lmagan. Lekin unga ishonib topshirishdi. 10 yillik mehnati samara berdi. Katanec yigitlar bilan yaxshi til topishib to'g'ri ishlasa ko'zlangan maqsadimizga erishamiz. 

Abdulaziz Iskandarov suhbatlashdi

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика