Dilshod Nuraliev: Alisher Polatov kelgach, Toshkent shahar FAni tanib bo'lmay qoldi
13 may 2021 18:44
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/636745_original.jpg)
![](/upload/storage/636745_220.jpg)
Dilshod Nuraliev: Alisher Polatov kelgach, Toshkent shahar FAni tanib bo'lmay qoldi
Ayniqsa uning 1986 yildan iborat shogirdlari yaqin-yaqingacha ham O'zbekiston milliy terma jamoasi sharafini himoya qilib keldilar.
Bugun, bayram oldi TFA matbuot xizmati murabbiyga so'z tutdi.
- Avvalo kirib kelayotgan bayram bilan barchani tabriklayman. Kelasi yilgi ramazon oylariga ham eson omonlikda etib olish nasib etsin.
- Dilshod aka, Siz shu kungacha 1986, 1996, 2002 yilda tavallud topgan futbolchilar bilan Toshkent shahar chempionatida ishtirok etib keldingiz. Bugun "Lokomotiv" o'rinbosarlari bilan ishlash bilan birgalikda, 2009 yilda tavallud topgan Odil Ahmedov FA tarbiyalanuvchilari bilan shahar birinchiligida ishtirok etyapsiz.- 1986 yilda tavallud topgan futbolchilarimiz bilan ko'plab musobaqalarda ishtirok etganman. U paytlar, Toshkent shahar chempionatidan tashqari, tayyorlov guruhi (gruppa podgotovka) musobaqasi juda qiziq o'tardi. Asosiy raqiblarimiz sifatida o'sha kezlari "Neftchi"ni ko'rsatgan bo'lardim. 1996 yillar bilan ham qiziq bo'lgan. Bu paytda "Bunyodkor" jamoasi tuzildi va akademiyaga katta etibor qaratdi. Natijada, shahar chempionati ancha kuchli o'tdi. Keyin esa shahar chempionatining saviyasi tushib ketgandek ko'rindi. "Paxtakor" bilan bir yosh kichkina bolalar bilan qatnashib ham chempionlikni qo'lga kiritardik.
- Bugunchi?
- Har qachongidan ham kuchli musobaqa bo'lyapti. Joriy mavsum 5ta yosh toifasida shahar chempionati o'tkazilyapti. 2006, 2007, 2008-yillar o'rtasidagi musobaqalarni maydondan borib ko'rish kerak. 1-2ta jamoani inobatga olmasangiz, qolgan o'yinlarda natijalarni avvaldan ayta olmaysiz. Turnir jadvali juda zich ko'rinish olgan. Istagan jamoa chempion bo'lishi mumkin. Bu borada Alisher Polatovga rahmat aytishimiz kerak, u TFAga kelgach ajoyib jamoani shakllantira oldi. Yillab qarz bo'lib yuradigan tashkilotga qon yurganidan, u erdagi mutaxassislar ham jonlana boshladi. Buning mevasini bu yilgi chempionatda ko'rdik.
- Aynan nimalar bilan Toshkent shahar chempionati yoqyapti?
- Birinchidan har bir yosh toifasidagi o'yinlar bitta maydonda bo'layotgani. Men avval raqib jamoa o'yinlarini ko'rgani bora olmasdim. CHunki men boshqaradigan yoshdagi boshqa jamoalar ham o'sha vaqtda o'ynardi. Endi esa bemalol raqib o'yinchilarini kuzatish imkoniyatiga ega bo'ldim. Avvallari o'yin natijalarini murabbiylar kelishib yozib qo'yishlari oson bo'lgan, bu chempionatda bunday qila olmaysiz. Ro'yxatdan o'tmagan o'yinchini ham tushira olmaysiz. CHunki hamma ko'rib turadi. Aksar o'yinlarga hakamlar kelmasdi, bugun esa qanot hakamlarigacha kelyapti. Eng muhimi, TFAning harakatlari tufayli, barcha jamoalar yaxshi maydonlarda to'p tepyapti. Eng kerakligi, shahar futbol associaciyasining matbuot xizmatiga "5" baho qo'yaman. Har qanday malumotlarni bir deganda topish mumkin.
Undan tashqari, endi har bir jamoa o'zining o'yiniga qarab shahar chempionatining "A" va "B" ligasida o'ynaydi. Kuchlilar saralab olingan. Hozir "Lokomotiv" o'rinbosarlari safida 2 nafar 2003 yilda tavallud topgan futbolchi asosiy tarkibda maydonga tushyapti. 3 yil avval ularning jamoasi "B" ligada yurardi, sababi qolgan avlodi jamoani yaxshi emasdi. 2018 yilga kelib har bir yosh toifasining o'ziga "A" ligada o'ynash imkoniyati berildi, natijada bu jamoa 2 yil "A" ligada o'ynadi va mana uning natijasi, marhamat, 2 nafar bola Superliga qaydnomasidan o'tdi.
- Bugungi kun murabbiylarning saviyasichi?
- Sobiq futbolchilar bolalar futbolida ishlayotgani quvonarli hol. Zayniddin Tojiev, Aleksandr Xvostunov, Leonid Koshelev, Aleksey Nikolaev, G'ulom Halimtoev kabi futbolchilarni aytishim mumkin. Ivan Boshkovich bugunda bolalar futbolida faoliyat olib boryapti. Bularni barini samarasini yaqin kelajakda ko'rishimiz aniq.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar