So’nggi yangiliklar

16:45Тони Пулис: "Агар имконият берилса, Флетчер МЮ учун энг яхши мураббий бўлиши мумкин"  0 16:17Абдуқодир Ҳусанов сайёранинг энг тезкор 10 нафар футболчиси қаторига кирадими?  0 15:05Тимур Кападзе: "Ўйлайманки, "Навбаҳор"да молиявий муаммолар бўлмайди"   8 14:45"Бунёдкор" хорватиялик легионер билан хайрлашди  1 14:20Забиҳилло Ўринбоев: "Ўтган йилги ички муаммоларни ҳозир айтиш нотўғри. Хатолардан хулоса чиқарамиз"  1 14:02МЮ вақтинчалик мураббий масаласида Сульшер ва Кэррик билан учрашув ўтказади  3 13:35Неймар ва "Сантос" шартномани 2026 йил якунига қадар узайтиришди  0 13:02Бугунги ўйинлар: Ўзбекистон U-23 — Ливан U-23, Ҳусанов “Сити” билан уйда ва бошқалар  3 12:56Месси ижтимоий тармоқлар ҳақида: "Гоҳида кимдандир "отписка" қилишни хоҳлайман, лекин бунинг оқибатларини биламан"  7 12:23U-23 Осиё Кубоги: юришимиз Ливандан бошланади. Рақиб ҳақида нималарни биламиз?   2 12:22"Ювентус"нинг мағлубиятсиз серияси 6 та ўйинга етди – 5 та ғалаба ва бир дуранг  2 11:54Месси Майамидаги ҳаёти ҳақида: "Бу ерда анча хотиржам яшаяпман. Одамлар футболга катта аҳамият беришмайди"  4 11:31"Ман Сити" 20 ёшли марказий ҳимоячисини Бундеслига жамоасига ижарага берди  0 10:48Лионель Месси келажакда ўзини мураббий сифатида кўриш-кўрмаслиги ҳақидаги саволга жавоб берди  1 10:20МЮни бошқариш учун асосий даъвогар маълум  12

Dilshod Mavlonov: “Kamoliddin xuddi ukamdek bo'lib qolgan” Yangiliklar

Dilshod Mavlonov: “Kamoliddin xuddi ukamdek bo'lib qolgan”

22 noyabr kuni Qarshi shahrida o'tkazilgan “Kamoliddin Kenjaevga yordam beramiz!” xayriya akciyasi tadbirida Dilshon Mavlonov ham ishtirok etdi.
Yaxshi bilasiz, Dilshod Mavlonov o'z vaqtida “Nasaf” sharafini himoya qilgandi. Tadbir yakunida jizzaxlik sobiq futbolchidan ham intervyu oldik.

-   Dilshod aka, xayriya tadbiri qanday o'tdi?
-   To'g'risini aytsam, juda xursand bo'ldim. Xayriya akciyasi tadbiri yaxshi tashkil qilindi, muxlislar ham ko'p keldi. Kamoliddin Kenjaevning o'zi ham keldi va u ham minnatdor bo'lib ketdi. Anchadan beri sobiq jamoadoshlar birga yig'ilmagandik, shu bahonada ko'pchilik bilan ko'rishib, diydorlashib oldik.

-   Aftidan o'yin ham yoqdi, to'g'rimi?
-   Ha, albatta. Hozir oliy ligada to'p tepayotgan futbolchilarga qarshi o'ynadik va o'ylaymanki, shou-uchrashuv ko'pchilikka yoqdi. Albatta, futbolchilar bizga qaraganda ancha yosh va tezkor, shunga qaramay g'alaba qozonganimizdan xursandman.
 
-   Kamoliddin Kennjaev haqida nima deya olasiz?
-   Kamoliddin xuddi o'zimning ukamdek bo'lib qolgan. “Nasaf”ga kelganida yoshgina yigitcha edi, ammo o'z o'yini orqali tezda muxlislar etiboriga tushdi. Natijada terma jamoaga ham taklif etilgandi. Lekin peshonada yozilgani shu ekan, o'sha mashum avtofalokat sabab nogiron bo'lib qoldi. SHunga qaramay, uni eslab mana shunday tadbir tashkil qilib berganlariz uchun sizlarga ham minnatdorchilik bildiraman. Agar har yili mana shunday tadbir o'tkazib turilsa, vaqt topib kelishga doim tayyorman.

-   Bugungi kunda nima ish bilan mashg'ulsiz?
-   Jizzaxdagi futbol maktabida yosh futbolchilarni shug'ullantiryapman. Murabbiylik sohasini bu yil endi boshladim. Futbolda birdaniga murabbiy bo'lib ishlash qiyin. SHu bois sekin-asta boshlayapman. Malum muddat futboldan chetda edim, lekin baribir o'zimning sevgan ishimga qaytdim.
 
-   2003 yil o'tkazilgan O'zbekiston Kubogi finalidagi golni eslab turasizmi?
-   Albatta. Bugun yig'ilganimizdan foydalanib, o'sha kunlarni ham yodga oldik. Yaxshi bilasiz, finalda to'p kiritish hammaga ham nasib etavermaydi. Garchi o'sha o'yinda “Paxtakor”ga yutqazgan bo'lsak-da, uchrashuv yaxshi o'tgandi va urgan golimni hamon eslab turaman.

X.Xoliqov suhbatlashdi.   
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика