Dilshod Jo'raev "Buxoro"da Yangiliklar

Dilshod Jo'raev "Buxoro"da

"Qizilqum" futbolchisi Dilshod Jo'raev "Buxoro" safiga qo'shildi.

Bizga malum bo'lishicha, tajribali yarim himoyachi faoliyatini "Buxoro" klubida davom ettiradi. U buxoroliklar bilan 1 yillik kelishuv imzoladi.

Malumot uchun, Dilshod Jo'raev 2022 yilning dastlabki qismida "Bunyodkor", 2-davrada "Qizilqum" sharafini himoya qildi. Mavsum davomida 23 ta rasmiy o'yin o'tkazgan tayanch yarim himoyachisi o'z hisobiga 4 ta gol, 1 ta golli uzatma yozdirib qo'ygan.

2 karra O'zbekiston chempioni Dilshod Jo'raev faoliyati mobaynida "Bunyodkor", "Andijon", AGMK va "Qizilqum" klublarida to'p tepgan.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика