So’nggi yangiliklar

13:38"Манчестер Юнайтед" янги ярим ҳимоячи топди  0 12:37"Ливерпуль" Родриго билан шартнома борасида музокара ўтказди  5 12:14Санчо "Боруссия"га қайтиш учун маошини икки баробарга қисқартиришга тайёр  0 12:03Роҳатижон  4 11:48Париж клуби "Барселона" футболчисига кўз тикди  1 11:20Breaking! Сон "Тоттенхэм"ни тарк этишини эълон қилди: "Ҳаётимдаги энг қийин қарорлардан бири". Ҳужумчи АҚШга йўл олиши мумкин  2 10:42Милнер янги мавсумда Жотанинг хотираси учун янги рақамда ҳаракат қилади  1 10:13"Ал Ҳилол" "Ливерпуль" футболчиси учун курашда етакчилик қилмоқда  3 09:44Бир қатор спорт юлдузлари Франция жамоасининг инвесторларига айланишди  0 09:15АПЛнинг кўплаб жамоаларидан қизиқиш бўлаётган Шешко келажаги борасида бир қарорга келди  0 08:46"Ал Насср" яна бир португалиялик ТОП футболчига таклиф билан чиқди  2 08:17Максим Шацких: “Ёзги йиғиндан ва селекциядан кўнглим тўлди”  5 07:45Суперлига. Бугун дахшат учрашувлар бор  23 07:20Суперлига. "Пахтакор" сафарда "Машъал" устидан ғалаба қозонди, ОКМК эса "Бухоро"ни мағлуб этди  0 00:4437 ёшли Куадрадонинг янги клуби маълум  4

Dilshod Jabborov: "Tinimsiz mehnat orqali ijobiy natijalarga erishish mumkin" Yangiliklar

Dilshod Jabborov: "Tinimsiz mehnat orqali ijobiy natijalarga erishish mumkin"

"Navbahor" klubi bu yilgi Superligani ishonchli tarzda o'tkazmoqda. Ilhom Mo'minjonov boshchiligidagi jamoa o'z maydonida mag'lubiyatsiz odimini davom ettirmoqda.

"Lochinlar" peshqadamlar safida borishmoqda. Jamoaning tajribali yarim himoyachisi Dilshod Jabborovning ushbu g'alabalarda xissasi albatta katta. U xatto maydonga tushmaganda ham sheriklarini ruhlantirib turadi va yoshlarni qo'llaydi. Biz Jabborov bilan suhbatlashishga qaror qildik.

- Superliga "Navbahor" uchun omadli davom etmoqda desak mubolag'a bo'lmasa kerak. Jamoa o'z uyida hech kimga yutqazmayapti, may oyidagi barcha o'yinlarda g'alaba qozondinglar. G'alabalarning siri nimada?

- (o'ylanib) Mehnat. Faqat tinimsiz mehnat orqali ijobiy natijalarga erishish mumkin. Mashg'ulotlarda har bir o'yinga jiddiy tayyorgarlik ko'rayapmiz. Aytishadiku mashqda qiyin bo'lsa, jangda oson bo'ladi deb.

- Ushbu g'alabalarda bosh murabbiy Ilhom Mo'minjonovning xissasi qanday?

- Albatta bosh murabbiyning xissasi juda katta. Ilhom Mo'minjonov o'zi ham futbolchi bo'lgan, shu bois biz bilan ishlashda hech qanday qiyinchilikka duch kelmayapti. Bundan tashqari jamoada murabbiylar shtabi ham samarali faoliyat olib bormoqda. Har bir insonning jamoa g'alabalarida ozmi-ko'pmi xissasi bor albatta.

- O'tgan yillarda Dilshod Jabborov "Navbahor" safida asosiy tarkibda maydonga tushib to'liq o'ynardi. Bu mavsumda esa negadir juda kam maydonga tushayapsiz. Buning sababi nimada?

- Bilasizmi jarohatlar futbolning ajralmas qismi hisoblanadi. O'tgan yil oxirida jarohat olgandim. Bundan tashqari bu mavsumda ham turli jarohatlar meni taqib qilmoqda. SHu bois ham bir nechta uchrashuvlarda ishtirok eta olmadim. Bugungi kunda o'zimni yaxshi his qilayapman.


- Bu yilgi mavsumda eng qiyin kechgan bahs qaysi?

- Superligada jamoalar soni kamaygani tufayli bo'lsa kerak har bir bahs juda qiziqarli o'tmoqda. Hech bir jamoa osonlikchda yutqazmayapti. Eng qiyin uchrashuv "Buxoro" bilan safarda o'tgan o'yin bo'ldi deb o'ylayman. SHukurki o'sha og'ir bahsda g'alaba qozona oldik.

- Kuni kecha SHerzod Karimov "Navbahor" klubiga o'tgani haqida xabar chiqdi. Ushbu futbolchi jamoani qanchalik kuchaytiradi deb o'ylaysiz?

- SHerzod Karimov tajribali futbolchi hisoblanadi. U kuchli klublarda o'ynagan, bundan tashqari O'zbekiston yoshlar terma jamoasida Jahon chempionatida ishtirok etgan. Menimcha SHerzod "Navbahor"ga ko'p foyda keltiradi deb o'ylayman. Jamoada kuchli futbolchilar ko'p bo'lgani yaxshi, bu orqali raqobat kuchayadi va sifat oshadi.

- Ushbu mavsum "Navbahor" va Superliga kashfiyoti bo'lgan Azizbek Turg'unboev haqida nima deya olasiz?

- Azizbek Turg'unboev hozirda ayni o'ynaydigan yoshda. U juda ham mehnatkash yigit. O'z ustida ko'p ishlagani uchun shunday yutuqlarga erishmoqda va gollar urmoqda. Bekorga uni O'zbekiston milliy terma jamoasiga chaqirishmayapti.

- "Navbahor" safida Oston O'runov asosiy tarkib o'yinchisiga aylanib bormoqda. U haqida fikringiz qanday?

- Yosh bo'lishiga qaramay Oston O'runov jamoamiz safida muntazam o'ynab kelmoqda. Qobiliyatli futbolchi. U o'tgan yil ikkinchi davradan boshlab "Navbahor"da o'ynab kelmoqda. Mashg'ulotlarda yaxshi ishlamoqda va shunga yarasha murabbiylar unga ishonch bildirishmoqda. Oston esa bu ishonchga munosib javob bermoqda.



- O'tgan hafta O'zbekiston milliy terma jamoasi ikki karra Jahon chempioni, JCH-2018 ishtirokchisi Urugvay terma jamoasi bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazdi. Ushbu bahs haqida fikrlaringiz...

- Uchrashuvni ko'rganlar Urugvayning darajasi bizdan ancha kuchli ekanligini tushunishdi. Kelajakda bizning ham terma jamoamiz ushbu darajaga chiqadi deb umid qilamiz. Natijadan qatiy nazar mana shunday kuchli shunday terma jamoalar bilan ko'proq o'yinlar o'tkazishimiz kerak. Luis Suares, Edinson Kavani kabi yulduzlarga qarshi o'ynash orqali yosh futbolchilarimiz juda katta tajribaga ega bo'lishdi deb o'ylayman.

- "Navbahor" muxlislari haqida nima deya olasiz?

- Namanganlik muxlislar "Navbahor"ning haqiqiy 12-o'yinchisi hisoblanadi. Barcha o'yinlarda muxlislar stadionga kelib bizni qo'llab-quvvatlab turishadi. Biz mana shu muxlislar uchun ham o'ynaymiz va g'alaba qozonib ularning kayfiyatlarini ko'tarishga intilamiz. Har bir muxlisga jamoamiz nomidan minnatdorchilik bildirib o'tmoqchiman.


Narzulla Saydullaev suhbatlashdi

Reyting: +23   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика