Dilshod Irsaliev qaysi jamoa jahon chempionligini qo'lga kiritishini aytdi
06 okt 2024 16:17
Yangiliklar
Dilshod Irsaliev qaysi jamoa jahon chempionligini qo'lga kiritishini aytdi
"Humo Arena"da bo'lib o'tgan jahon va o'zbek futboli hamda futzali yulduzlari o'rtasidagi o'rtoqlik o'yinidan so'ng o'zbekistonlik sobiq futzalchi Dilshod Irsaliev saytimizga intervyu berdi.
"Ilk marotaba jahon chempionati O'zbekistonda o'tkazilmoqda. O'zim terma jamoamizning Kosta-Rikaga qarshi uchrashuvini bevosita arenadan kuzatdim. Qolgan bahslarni bevosita stadiondan kuzatmagan bo'lsam-da, televizor qarshisida kuzatib bordim.
Bugun futzal afsonalariga qarshi bellashdik. Biroq nafaqat raqib, balki o'z jamoamiz tarkibi ham afsonaviy o'yinchilardan iborat edi. Uchrashuvdan rohatlandim.
Finalga to'xtaladigan bo'lsak, Argentina jamoaviy jihatdan kuchli jamoa sanaladi. Braziliya esa individual mahoratga ega futzalchilarga tayanadi. Menimcha, Argentina bo'lajak o'yinda g'alaba qozonadi", - dedi Irsaliev.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar