Dilshod Andaev: "Mashal" - "Navbahor" bahsida imkoniyatlar teng"
09 apr 2016 12:28
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/204204_original.jpg)
![](/upload/storage/204204_220.jpg)
Dilshod Andaev: "Mashal" - "Navbahor" bahsida imkoniyatlar teng"
"Bugun har ikki jamoa uchun ochko juda ham zarur. Turnir jadvalidan ko'rinib turibdiki bugun har ikki klub g'alabani ko'zlagan. Uchta turdan so'ng bir ochkosi bor jamoalar to'qnashuvi murosasiz kechadi. "Navbahor" bu yilda tarkibini sezilarli ravishda kuchaytirib olgan. Ko'plab mahoratli futbolchilari bor. "Mashal" esa o'z maydonida harakat qiladi. Har ikki jamoani qaysidir jihatdan ustunligi bor.
"Mashal"da o'yin qovushmayapti. "Bunyodkor"ga qarshi o'yindan so'ng ruhiyati ancha yaxshi tomonga o'zgargan. Bu foyda berishi mumkin. Har ikki jamoa imkoniyatlarini 50/50 baholar edim. Bugungi bahsda "Mashal" akademiyasidan chiqqan futbolchilar o'zini ko'rsatishi mumkin. SHahzod SHaymanov, Javohir Ilyosov, Humoyun Murtozaev, Ixtiyor Toshpo'latovdan mazmunli o'yin kutmoqdaman", - deydi Dilshod Andaev.
"Mashal" matbuot xizmati
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar