So’nggi yangiliklar

00:16"Байер" футболчисини "Бавария"га сотмоқда  0 23:50Илёс Зейтуллаев: "Бугун ютқазишга ҳақли эмасдик"  3 23:41Жамшид Саидов: "Ғалаба ҳар доим ёқимли"  0 23:16Тен Хаг Санчо билан мунозараси ҳақида: "Барчаси ортда қолди"  0 22:54Ибрагимович "Милан"даги фаолияти ҳақида: "Босим жуда катта. Нонуштага ҳам босимни еймиз"  0 22:37Расман: Довбик - "Рома" футболчиси  2 22:11Олимпиада. Испания Японияга имконият қолдирмади  21 22:00Суперлига. "Қизилқум" - "Бунёдкор" 1:0  0 21:40Суперлига. "Қизилқум" бу йил ҳисобидан иккинчи маротаба "Бунёдкор"дан устун келди  12 21:18Олимпиада. Марокаш АҚШ дарвозасига 4та гол урди ва ярим финалга чиқди  9 20:54Назорат учрашуви. "Динамо" - "Насаф" баҳсида ғолиб аниқланмади  0 20:35Жота - Роналду ҳақида: "Евро-2024 унинг термадаги сўнгги турнири деб ҳисобламайман"  0 20:17Эрик тен Хаг жароҳатлар ҳақида: "Бу ҳеч нимани ўзгартирмайди"  1 20:01Дуайт Йорк: "Хойлундда форвардга керак бўладиган Х-фактор йўқ"  0 19:37"Роналду билан ишлаш жуда осон эди" — Анчелотти  5

Dilshod Andaev: “Birinchi ligani ham xuddi oliy liga tizimidek o'tkazsa yaxshi bo'lardi” Yangiliklar

Dilshod Andaev: “Birinchi ligani ham xuddi oliy liga tizimidek o'tkazsa yaxshi bo'lardi”

Yoshlar bilan ishlash xadisini olgan Dilshod Andaev ayni damda “Mashal-2” jamoasini boshqarayotganini muxlislar yaxshi bilishsa kerak. Muborakka tashrifimiz chog'ida Andaev bilan uchrashib, bir qator savollarga javob oldik.
- Dilshod Boymurodovich, boshqaruvingizdagi “Mashal-2” jamoasining yangi mavsumga ko'rayotgan tayyorgarligidan qanchalik ko'nglingiz to'lmoqda?
-  Joriy chempionatga tayyorgarlikni 10 dekabrdan boshlab yuborganmiz. Safimizga asosan akademiya bitiruvchilarini jalb etganmiz. Hozircha hammasi reja asosida ketmoqda. Yanvar oyida Yangierda yig'in o'tkazib qaytdik. U erda bir qator nazorat uchrashuvlarida ishtirok etdik. Xususan Qozog'istonning “Maxtaorol” va Jizzaxning “G'allakor” jamoasi bilan kuch sinashdik. Bir so'z bilan aytganda tayyorgarlik yomon emas, qoniqyapmiz.

- Bu yil jamoaning o'rtacha yoshi nechchi bo'ladi?
- Asosan 1998 yilda tug'ilgan yigitlar bilan tayyorgarlik ko'ryapmiz. Umid qilamanki bu yil ham jamoamizning ishtiroki yomon bo'lmaydi. Maqsadimiz O'zbekistonning turli yoshdagi terma jamoalariga va “Mashal” asosiy tarkibiga iqtidorli futbolchilarni etkazib berish. Buning uchun har bir bahsda faqat g'alaba uchun maydonga chiqamiz. Asosiysi raqibdan cho'chish yo'q. Ilgari ayrim jamoalar “Paxtakor” yoki “Bunyodkor” bilan o'yin oldidan yirik hisobda mag'lub bo'lmaslikdan hayiqardi. Biz shu to'siqni engib o'tishimiz kerak.

- O'tgan mavsum ham “Mashal-2”da asosan yoshlar bilan ishlagan bo'lsangizda yakunda natija chakki bo'lmagandi. Bu yil ham 18-19 yoshli futbolchilar bilan ishtirok etishni takidladingiz. Endi bu borada xadik bo'lmasa kerak?
- (Kulib) Qo'l ostimdagi yigitlarga ishonaman. Lekin yoshlarga ko'pincha barqarorlik etishmaydi. Ayrim uchrashuvlarda yaxshi o'ynasa, bazida biz kutgan o'yinni namoyish etib bera olmaydi. Lekin futbolchilarga imkoniyat berib, ularni yanada o'sishi uchun ishlaymiz.

- Bu yil ham jamoangizning chempionatdagi eng asosiy maqsadi sakkiztalikka kirish bo'lsa kerak?
- Ha. Bu yil ham PFL birinchi ligani yana ikki bosqichdan iborat tizimda o'tkazishini malum qildi. SHu bois ilk maqsadimiz keyingi bosqich yo'llanmasini qo'lga kiritish bo'ladi. CHunki ko'proq o'yin amaliyotga ega bo'lishni istaymiz.

- Birinchi ligani ikki bosqichdan iborat tizimda o'tishiga qanday munosabatdasiz?
- Fikrim shuki, hammani klubni bitta mintaqaga jamlab, huddi oliy liga tizimidek chempionat tashkil etilsa maqsadga muvofiq bo'lardi. SHunda birinchi liga klublarining futbolchilari ham elitaga moslashib borardi.

- Tarkibga asosan akademiya bitiruvchilarini jalb etdik deya aytib o'tdingiz. Undan tashqari yana boshqa klublardan ham futbolchilar taklif etilganmi?
- Ha. Buxoroning “Spartak” jamoasidan ikki nafar o'yinchini safimizga qo'shib olganmiz. Bular 1994 yilda tug'ilgan Sardor Sulaymonov va Abdurasul Jo'raevdir. O'tgan yili ularni kuzatgandik. Jamoamizga qarshi kechgan bahslarda o'zlarini ijobiy tomondan ko'rsata olgandi. Endilikda bu futbolchilarni asosiy tarkibga munosib ravishda tayyorlashimiz talab etiladi.

- O'tgan yili “Mashal-2”da o'ynagan ayrim futbolchilar joriy mavsum boshqa klublarga o'tib ketdi. Bu nima bilan bog'liq?
- Akademiyamizda ishlar to'g'ri yo'lga qo'yilgan. Agarda shu ketishda davom etsak, bundan keyin ham iqtidorli o'yinchilar etishib chiqaveradi. Bugungi kunda ham ixtiyorimizda ko'plab futbolchilar bor. Yoshlarni yo'lini to'sib qo'ymaslik uchun, ayrim o'yinchilarimizni boshqa jamoalarga ijara asosida qo'yib yubordik. Bu ikki tomon uchun ham qulay. Futbolchi eng avvalo o'zi uchun o'yin amaliyotiga ega bo'ladi. Agarda o'zini ko'rsata olsa, yana safimizga qaytaramiz.

- Birinchi liga jamoasida o'ynab keta oladigan futbolchilarning akademiyadan etishib chiqishi qay darajada ketmoqda?
- Bu borada ko'ngil to'q desa ham bo'ladi. Yuqorida aytganimdek, bizda “fabrika” ishlamoqda. Akademiya tarbiyalanuvchilarini ham o'z nazoratimizga olib, ularni birinchi liga jamoasi uchun moslashtirib boryapmiz. Keyinchalik asosiy tarkibga o'tganidan so'ng ham qiyinchilikka duch kelmaydi. Bu borada hamma murabbiyda bir xil ish dasturi mavjud.

- Oldingizga asosiy jamoaga bir yil davomida qancha o'yinchi etkazib berish vazifasi qo'yilgan?
- Qancha ko'p bo'lsa, shuncha xursand bo'lamiz. Maqsadimiz ham eng avvalo asosiy jamoaga o'yinchi tarbiyalab berish. Hozircha ishimiz chakki emas. Lekin bir zum ham to'xtab qolmaslik darkor.  

- Bu yil asosiy tarkibga kimlar o'tdi?
- Maqsud Mahmudov, Tursunmurod Hamdamov, Asliddin Abdiev, Durbek Kamolov va Humoyun Murtazoev ayni damda “Mashal” bilan shug'ullanmoqda.  

- O'z vaqtida sizning qo'l ostingizda futbolning ilk sir-asrorlarini o'rgangan Otabek SHukurov bilan Eldor SHomurodov mavsumlar oralig'ida “Bunyodkor”ga transfer qilindi. Bunga qanday munosabatda bo'ldingiz?
- O'ylaymanki bu futbolchilar yaxshi klubga o'tdi. Agarda “Mashal” saviyasidan past bo'lgan jamoaga borib qo'shilganida xato qildi desa bo'lardi. Ammo SHukurov  va SHomurodov uchun Toshkent klubiga ko'chib o'tishi oldinga tashlangan qadam bo'ldi deb hisoblayman.

- Qanday fikrdasiz, bu futbolchilar “qaldirg'ochlar” tarkibida o'ynab keta oladimi?
- SHomurodov allaqachon yangi jamoasi tarkibida debyutini o'tkazdi. Eldor Osiyo chempionlar ligasidan o'rin olgan bahslarda ham ishtirok etib kelmoqda. Ammo Otabekda hozircha bunday imkoniyat bo'lmadi. Hammasi futbolchilarning o'ziga bog'liq. Agarda o'z ustida ishlashni to'xtatib qo'ymasa, bemalol o'ynab ketadi. Bu kabi yoshlar o'z ustida individual tarzda ham ishlashi kerak.

- Bugungi kunda jamoangiz tarkibidagi eng tajribali o'yinchi bo'lib turgan Konstantin Boevning ustun jihatlarini aytib o'tsangiz?
- Kostya ham mening shogirdim. Bejizga uni tarkibimizga qo'shib olmaganmiz. Sababi shundaki Boev Muborak shahrida tug'ilgan va “Mashal” futbol klubi tarbiyalanuvchisi. Rahbariyat bilan gaplashdik. O'zaro kelishuvga erishildi. Konstantin katta tajribaga ega. Maydonda yoshlarni o'z ortidan ergashtira oladi. Ruhiy dalda berib, qo'llab-quvvatlaydigan o'yinchi zarur edi. Endilikda u jamoamizda o'ynovchi murabbiy sifatida faoliyat yuritadi. Kelajakda uni murabbiylik kurslarida o'qitib, murabbiy sifatida ham tarbiyalaymiz.

- Murabbiylar shtabida sizga kimlar yordam bermoqda?  - Baxtiyor Sattorov bilan Aktam Berdiev ko'maklashmoqda.  

- Birinchi liga jamoalari orasida bu yil kimlarni favorit sifatida ko'ryapsiz?
- Aytarli darajada mavsumlar oralig'idagi o'zgarishlarni kuzatmadim. Lekin Toshkentning “Obod” jamoasi yaxshi shakllangan. “Oq-tepa”ni shunday jamoalar qatoriga qo'shish mumkin. SHuningdek vodiy klublari ham yaxshi.   


Islombek Rustambekov suhbatlashdi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика