So’nggi yangiliklar

00:58Трент АПЛга қайтиши мумкин  1 00:39Саудия Арабистони. "Ал Насср" Роналдусиз иккинчи ўйинда ҳам ғалабага эришди  8 00:11Пеп Гвардиола: "Ливерпуль" ўзгача жамоа бўлиб қолаверади"  2 23:47"Реал" вингери сафдан чиқди  7 23:24"Ал Насср" футболчиси "Зенит"га ўтмоқда  2 22:59Роналду "Ал Иттиҳод"га қарши ўйнашга тайёр бўлган  12 22:30Хамес Родригеснинг янги жамоаси эълон қилинди  2 22:09Расман: Абдуқодир Ҳусанов - "Манчестер Сити"да ой футболчиси!  22 21:40"Мундиалда фақатгина ютамиз, ҳеч нарса йўқотмаймиз" – Фабио Каннаваро билан катта интервью  6 21:01Тажрибали футболчи фаолиятини "Манчестер Юнайтед"да якунламоқчи  3 20:37Назорат ўйини. “Бунёдкор” Россия клубига мағлуб бўлди  1 20:09ОКМК Россия жамоаси устидан ғалаба қозонди  4 19:57Ўзбекистон футзал терма жамоаси мураббийлар штаби истеъфога чиқарилди  22 19:35"Металлург" голларга бой ўйинда "Локомотив" U-21'дан устун келди  1 19:23"Барселона" Левандовскига янги шартнома таклиф қилмоқчи  7

Dilmurod SHavkatov: “Maqsadimiz – chempionlik” Yangiliklar

Dilmurod SHavkatov: “Maqsadimiz – chempionlik”

Futzal bo'yicha Oliy liganing 3-turida “Lokomotiv” 9 ochko to'plagan holda peshqadamlikni mustahkamlab oldi.

Mazkur tur davomida jamoa etakchi futbolchisi Dilmurod SHavkatov 6 ta gol urishga muvaffaq bo'ldi. Ortda qolgan tur o'yinlaridan SHavkatov qanchalik qoniqish hosil qildi? Buni u bilan suhbatimiz davomida bilib oldik. 

- Ortda qolgan tur haqida

“Mazkur tur davomida qiyin o'yinlarni o'tkazdik. Nazarimda, 3-tur bu yil hisobidan eng qiyini edi deyish mumkin. “Dinamo”ga qarshi o'yinimiz oson kechgani yo'q. CHunki raqibimiz tarkibida asosan, yoshlar to'p tepadi. Ular bizga etarlicha qarshilik qildi. Maqsadimiz yuqori bo'lgani uchun ham uchta o'yinda g'alaba qozondik. 

- Eng qiyin o'yin borasida

“Birorta o'yin oson kechgani yo'q. “Stroitel-Zarafshon” bilan o'yinda ham qiyinchilikka duch keldik. “Paxtakor” va “Dinamo” ham bundan mustasno emas. Kim bilan o'ynagan bo'lsak, barchasida katta qiyinchiliklarga duch keldik. 

- Maqsadi to'g'risida

“Bu yil to'purarlar ro'yxatidan o'rin olishni maqsad qilganman. Biroq bu mening oliy vazifam emas. Asosiysi, jamoam g'alabasi men uchun birinchi o'rinda turadi. Mening gol urishimdan ko'ra, “Lokomotiv” g'alabasi muhim ahamiyatga ega. 

- “Lokomotiv”ning maqsadi xususida

“Jamoamiz bilan chempionlik uchun kurashmoqdamiz. Maqsadimiz har bir o'yinda muvaffaqiyatga erishish hamda qimmatli ochkolarni jamg'arish hisoblanadi. Yaxshi bilasiz, bu yil chempionlik poygasida bir nechta jamoalar raqobatlashmoqda. Bular orasida “Lokomotiv” ham yuqori o'rinlarni ko'zlagan holda kurashmoqda. O'tgan yili “Paxtakor” bilan chempionlikka erishgandik. Buni “Loko” bilan takrorlash niyatidamiz.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика