So’nggi yangiliklar

15:04"Андижон" "Сурхон"ни мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 14:37"Бавария" Вирцнинг трансфери барбод бўлгач, "Манчестер Юнайтед" юлдузини сотиб олмоқчи  0 14:05БАА - Ўзбекистон учрашувига чипталар қачон сотувга чиқади?  2 13:31Ансу Фати янги клубга ўтишга яқин  2 12:54"Реал" мухлислари учун хушхабар  8 12:25"Манчестер Юнайтед" "Милан" футболчисига қизиқмоқда  1 11:58Фабрицио Романо: Флориан Вирц "Ливерпуль" билан шартнома имзолади  5 11:25Де Брюйненинг эҳтимолий янги клуби маълум, у Италиядан  6 11:00Роналду ўрнини босадиган беш футболчи: янги авлод юлдузлари  19 10:45“Манчестер Сити“ АПЛдан яна бир ҳимоячи сотиб олмоқчи  3 10:18Лука Модрич фаолиятини қаерда давом эттириши мумкинлиги маълум  6 09:50Клаудио Раньери “Рома“да қолади, бироқ бошқа лавозимда  5 09:23"Ал Ҳилол" Бруну Фернандешга ўйлаш учун 72 соат берди. Саудияликлар футболчига қанча ойлик бериши маълум  5 08:54Вирц “Ливерпул“га ўтиб, тарихдаги учинчи энг қиммат трансферга айланади  7 08:26Конте тарихий натижани қайд этди  13

Dilmurod Nazarov xotira turnirida "Navbahor" g'olib Yangiliklar

Dilmurod Nazarov xotira turnirida "Navbahor" g'olib

Teglar :  Dilmurod Nazarov
9-12 aprel kunlari Toshkent shahrida sobiq futbolchi Dilmurod Nazarov xotirasiga bag'ishlangan turnir bo'lib o'tdi.
"Liverpul-Gol" futbol klubi va Nazarovlar oilasi hamkorligida tashkil etilgan ushbu turnirda 8ta jamoa ishtirok etdi.

"Paxtakor", "Bunyodkor 1", "Bunyodkor 2", "Navbahor", "Nasaf", "Liverpul-Gol", "Lokomotiv" va Qozog'istonning "Ordabasi" klublarining 2005 va 2006 yillarda tug'ilgan futbolchilaridan iborat jamoalari turnirda qatnashishdi. Bugun o'z yakuniga etgan musobaqada Namanganning "Navbahor" klubi chempion bo'ldi. Ikkinchi o'rinni "Bunyodkor-1" jamoasi band etdi. Kuchli uchlikni "Liverpul-Gol" yakunlab berdi.


Malumot uchun, Dilmurod Nazarov professional faoliyatini 1992 yil "Paxtakor"  safida boshlagan. Ikki yil davomida ushbu klub sharafini himoya qilgan Dilmurod Nazarov O'zbekiston chempioni (1992) va O'zbekiston kubogi (1993) sohibiga aylagan. 1993 yil Qozog'istonning "Ordabasi" klubida o'ynab yana "Paxtakor"ga qatdi. Uch yil davomida "sherlar" safida yana chempion (1998) va kubok sohibi (1997) bo'ldi. 1995 yilda O'zbekistonning eng yaxshi futbolchisi so'rovnomasida 2-o'rinni band etdi. 1999 yilda Toshkentning "Traktor" va SHimkentning "Ordabasi" klubida faoliyat olib bordi.

Keyingi yil "Paxtakor"da, 2001 yilda esa "Surxon" klubida o'ynagan. Qisqa muddat Qozog'istonning "Taraz" sharafini himoya qildi. Qozog'istonda "Qaysar", "Yassi Sayram" va "Ordabasi" kabi klublarda o'ynadi.

2006 yilda Namanganning "Navbahor" klubi safida o'ynab futbolchilik faoliyatini yakunladi. O'zbekiston milliy terma jamoasi safida 1995-1997 yillarda 10ta o'yinda maydonga tushgan. 1996 yilda Osiyo Kubogida ishtirok etgan.


Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика