Diego Simeone: “O'zimizni oqlash uchun hech qanday sabab yo'q”
14 avg 2020 07:28
Yangiliklar


Diego Simeone: “O'zimizni oqlash uchun hech qanday sabab yo'q”
“Atletiko M” ustozi ECHL 1/4 finalida “Leypcig”ga qarshi bahsdan so'ng (1:2) fikrlari bilan bo'lishdi.
“Borimizni berdik. Yakkakurashlarda g'olib chiqishimiz qiyin bo'ldi. Raqib tezroq harakat qildi. Bu yil uzun bo'ldi, ECHLga qaytish esa bizga bosim o'tkazdi. O'zimiz xohlagandek o'ynay olmadik. Menga raqibning tezkorligi va ishtiyoqi maqul keldi. Oqlash uchun hech qanday sabab yo'q. Bor kuchimizni sarfladik va chorak finalgacha etib keldik, xolos. Haqli tarzda musobaqani tark etyapmiz, raqibni tabriklash kerak”, — deydi Simeone.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar