Diego Simeone: “Menga kelajakda “Inter”ning murabbiyi sifatida qarashlari yoqimli”
14 fev 2014 12:19
Yangiliklar


Diego Simeone: “Menga kelajakda “Inter”ning murabbiyi sifatida qarashlari yoqimli”
“Atletiko” bosh murabbiyi Diego Simeone kelajakda “Inter”ga o'tishi mumkinligini rad etmadi.
- “Inter” muxlislari kelajakda meni ushbu klubda murabbiy sifatida ko'rishlari yoqimli albatta. “Inter”da o'ynagan paytlarim ajoyib bo'lgan. Ushbu klubda faoliyatim uzoq davom etmagan bo'lsada, ammo qiziqarli bo'lgan. Hozir “Atletiko”da o'zimni yaxshi his etayapman, lekin bir kun kelib “Inter”ga o'tishimni rad etmayman, - Simeonening so'zlarini keltiradi Rai Sport.

Fikrlar