Diego Simeone: "Ernandesning o'zi hal qiladi, umid qilamizki u jamoada qoladi"
23 dek 2018 14:45
Yangiliklar
Diego Simeone: "Ernandesning o'zi hal qiladi, umid qilamizki u jamoada qoladi"
"Atletiko" bosh murabbiyi Simeone Lukas Ernandesning "Bavariya"ga o'tishi mumkinligi haqida fikr bildirdi.
"Har qanday klub yaxshi futbolchilarni qidiradi. Bu normal holat. Men bu vaziyatni ijobiy tarafdan kuzatib bormoqdaman. Lukas uni qanday yaxshi ko'rishimizni biladi deb o'ylayman. "Bavariya" doim eng yaxshi futbolchilar bilan shartnoma imzolashga harakat qiladi. Ammo, futbolchi avvalo o'zi qaror qilishi kerak. Umid qilamizki, shogirdim jamoada qoladi", — deya Diego Simeonening fikrlarini keltiradi Football Espana nashri.
Avvalroq, Lukas Ernandesning "Bavariya" klubiga o'tishi, yolg'on malumot ekanligi haqida xabar tarqagandi.
O’xshash yangiliklar
12:47
Jizzaxdagi gollarga boy dramada "Navbahor" "So'g'diyona"ni mag'lub etgan uchrashuvdan GALEREYA 6
Fikrlar