Diego Simeone: "Doimiy ravishda g'alaba qilish osonmas"
01 noy 2013 12:07
Yangiliklar


Diego Simeone: "Doimiy ravishda g'alaba qilish osonmas"
"Atletiko" bosh murabbiyi Diego Simeone Ispaniya chempionati 11-turi doirasida "Granada"ga qarshi o'yindagi g'alabadan keyin o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Atletiko" boshqa jamoalarga nisbatan to'pni kamroq nazorat qilib kelyapti. Biroq bu narsa faqatgina raqamlar xolos. Asosiy ko'rsatkich esa gollardir. Tan olish kerakki, hisob 2:1ga etgach, bir necha tahlikali vaziyatlarga duch keldik. Futbolchilar baribir g'alabaga erishayotganliklaridan xursandman. Seriyani davom ettirish uchun imkoniyatlarimiz etarli. Nima uchun penaltini turli futbolchilar tepishdi, deysizmi? David va Diego navbatma-navbat tepishga o'zaro kelishvolishdi. Nazarimda ularning har ikkisi ham yaxshi o'yin o'tkazishdi", deya uning so'zlaridan AS iqtibos keltirmoqda.

Fikrlar