Diego Simeone: “Diegoning jamoaga o'tishi ayni muddao bo'ldi”
03 fev 2014 10:34
Yangiliklar


Diego Simeone: “Diegoning jamoaga o'tishi ayni muddao bo'ldi”
“Atletiko” bosh murabbiyi Diego Simeone “Real Sosedad”ga qarshi o'yinni (4:0) izohlab o'tdi.
“Yirik hisobga qaramay o'yin biz uchun qiyin bo'ldi. “Real Sosedad”da yuz foizlik vaziyatni yarata olmagan bo'lsada, ammo ular bizga etarlicha qarshilik ko'rsatishdi.
Himoyamizdan ko'nglim to'q edi, lekin hujum chizig'i bir muncha oqsadi. Birinchi bo'limda biror marotaba ham hujum uyushtira olmasang, ikkinchi bo'limda buni amalga oshirishing yanada qiyinroq bo'ladi.
Diegoning jamoaga o'tishi ayni muddao bo'ldi. U har doim qiyin vaziyatlarda bizga yordam bergan. U hujumga o'tish variantini to'g'ri tanlaydi”, - deydi Simeone.

Fikrlar