So’nggi yangiliklar

20:59ЖЧ-2026 саралаши. Қозоғистон ўз майдонида Уэльсга имкониятни бой берди  1 20:40"Насаф" назорат ўйинида "Шўртан"га икки марта ютқазди  1 20:20МЮ "Атлетико" футболчисини ижарага олмоқчи бўлган, аммо рад жавобини олган  0 19:52Саудия Арабистони клублари "Челси"нинг икки футболчисига қизиқиш билдирмоқда  1 19:24Де ла Фуэнте: "Карвахаль ва Родри – ўз позициясида дунёнинг энг яхши икки футболчиси"  0 18:56CAFA Nations Cup. Ҳиндистон Афғонистон билан дуранг ўйнаб, 2-ўринга жойлашди  7 18:22"Барселона" ва "Арсенал" "Ноттингем Форест" футболчисини нишонга олди  1 17:54"Фулхэм" "Бавария" футболчисини ижарага олди  0 17:28"Арсенал" ярим ҳимоячиси бу йил "Олтин тўп"ни кимга бериш кераклигини айтди  5 16:59"Барселона" ҳимоячиси жароҳати сабаб 3 ҳафта майдонга туша олмайди  0 16:30Манба: Паулу Бенту Мисрда ишлаши мумкин  26 16:02Станислав Черчесов: "Ўзбекистонни умуман билмайдиган ва кўп нозик жиҳатлардан бехабар чет эллик мураббийнинг дарҳол натижа келтиришига ҳеч ким кафолат бера олмайди"  55 16:01"Байер" ва "Фенербахче" бош мураббийлик учун Постекоглу номзодини илгари сурмоқда  1 15:34Туркия клуби яқин кунларда Онанани ижарага олмоқчи  5 15:06ФИФА ЖЧ-2026 чипталарининг бошланғич нархини белгилади  4

Diego Simeone: "CHelsi" bilan o'xshashliklarimiz ko'p" Yangiliklar

Diego Simeone: "CHelsi" bilan o'xshashliklarimiz ko'p"

"Atletiko" ustozi Diego Simeone "CHelsi" bilan o'yin oldidan o'z fikrlari bilan o'rtoqlashib o'tdi.

Bizni "CHelsi" bilan o'xshashliklarimiz ko'p. "CHelsi"da ham biz kabi zo'r himoyachilar bor. Har ikkala jamoa tezkorroq hujumkor futbol namoyish etishni yoqtiradi. Londonliklar ham, biz ham standart vaziyatlaridan unumli foydalanamiz. Bu sifatlar bizga chempionatda oltin medallarni qo'lga kiritishimizga yordam beradi.  Biz faqat o'z o'yinimiz haqimizda bosh qotiramiz. Raqiblar haqida emas. Lekin "CHelsi"ni hurmat qilamiz. Bor diqqat etiborimiz faqat shu o'yinga qaratilgan. Boshqa narsalar haqida o'ylaydigan payt emas hozir.
"Atletiko" o'z kuchli tomonlarini ko'rsatib, kuchsiz tomonlarini yashirishiri lozim bu o'yinda. Tibo Kurtua boshqa jamoadoshlari singari katta ishtiyoq va xohish bilan bu bellashuvni kutmoqda. Futbolchilar juda yaxshi tushunib turishibdi, qanchalik muhim o'yin bizni kutib turganini. Bu nafaqat futbolchilar yoki men, balki butun klub uchun ham eng muhim o'yinlardan biri bo'ladi. Bunaqangi o'yinlar oldidan ortiqcha so'zlash shart emas. Bu narsalar faqatgina gazeta va saytlar uchun material hisoblanadi. Asosiysi, o'yinga tayyorgarlik. Men futbolchilarga o'z hissiyotlarini qanday ishlatish kerakligini aytib o'taman. Bu yarim final. SHunday ekan, ertangi bahs juda qiyin kechadi. Bunday uchrashuvlarda kichkinagina xatolar muhim rol o'ynaydi. Qaysi jamoa o'z imkoniyatlaridan ko'proq o'ynay olsa, o'sha jamoa g'olib chiqadi.
Fernando Torres "Atletiko" farzandi. Fernando klub va uning xodimlarini yaxshi ko'radi. O'ylaymanki, o'yingacha va uchrashuvdan keyin Torresni butun stadion olqishlab qo'yadi. U bunga loyiq.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика