So’nggi yangiliklar

11:50Фарҳод Нишонов: "Якуний таркиб аниқ. Шундай даражага чиқдикки, рақиблар бизни жиддий ўрганмоқда"  0 11:22"Реал" — ўтган мавсумда дунёнинг энг кўп даромад кўрган клуби  5 10:51"Эвертон" янги стадионини эълон қилди  4 10:15Интервью. Шукрон Йўлдошев: "Кўпроқ ўйин амалиётини истадим, "Навбаҳор"га ўтишим кутилганидан тез бўлди"  2 09:40Суперлига. Жамоаларда амалга ошаётган трансферлар барчаси битта саҳифада   48 09:15"Қизилқум"га украиналик ҳужумчи келмоқда  1 08:45"Андижон" собиқ футболчисини ортга қайтарди  3 08:05Ўзбекистон миллий терма жамоаси Кападзе қўл остидаги илк машғулотини ўтказди  16 07:30"Машъал" бир нечта футболчилар билан хайрлашди  0 03:00Европа лигаси. "Манчестер Юнайтед" 90+2-дақиқадаги гол эвазига ғалабага эришиб, 4-ўринга кўтарилди ва бошқа натижалар  11 01:32"Ливерпуль"нинг собиқ футболчиси: "Квадрупл? АПЛ муҳимроқ"  4 01:10Киммих "Реал" билан боғланди  10 00:45Европа лигаси. "Тоттенхэм"да ғалаба, "Рома" мағлуб бўлди ва бошқа натижалар  14 00:29БАА. Ўзбек футболчилари дербисида Ғаниев жамоаси ғолиб бўлди  4 23:50Альфонсо Дэвиснинг келажаги душанба куни ҳал бўлади  0

Diego Milito: Umid qilaman, Messi qaytadi Yangiliklar

Diego Milito: Umid qilaman, Messi qaytadi

La Nacion nashriga bergan intervyusida Argentina terma jamoa­sining sobiq hujumchisi Diego Milito faoliyatini yakunlaganidan keyingi hayoti haqida gapirib o'tdi.

- Diego, Argentina futbolidagi inqiroz borasida qanday fikr bildirasiz?

- Umuman olganda, bundan barchamiz xavotirdamiz. SHuncha yil o'tgandan keyin tizimni o'zgartirish juda qiyin kechadi. Argentina futbol associaciyasida futbolni tushunmaydiganlar ko'p. Afsuski, futbol olamida obro'yimiz tushib ketdi.

-  Messining terma jamoadan ketishiga qanday munosabatdasiz?


- Menimcha, u mag'lubiyat tufayli yuzaga kelgan og'riq, afsuslanish tufayli bu gaplarni aytib yubordi. Umid qilamanki, Leo qaytadi. Qatorasiga uchta finalda mag'lub bo'lish juda alamli. Lekin tan olish kerak, CHili bugungi kunda jahonning eng kuchli terma jamoalaridan biridir. Balki bizda tanlash imkoniyati ko'pdir. Lekin har bir futbolchini poziciyama-poziciya solishtirib ko'rsak...

- Ishonchingiz komilmi? Roxo yoki Jan Bosejur... Ular tengmi?


- Bosejur ajoyib futbolchi. CHilining tarkibiga qarang, Vidal, Aleksis Sanches, Bravo - Bavariya, Arsenal, Barselona futbolchilari bor. Bizda esa Leoni inobatga olmasak, barchaning kuchi teng.

- Final bilan cheklanish hech kimni qoniqtirmaydi...


- Hattoki, men ham qayg'urdim. CHunki hamisha finalda g'alaba qozonishni istaymiz. Finallarda hamisha yutish lozim. Biroq aynan finalda o'ynaganingizni ham unutmasligingiz lozim. Oxirgi final meni  ajablantirdi. CHilining birgina o'yinchisi  yo'q edi. Biz esa vaziyatdan foydalana olmadik. Bu finalda g'alaba qozonishimiz mumkin edi. Biroq eng yomon o'yinimizni o'tkazdik. Terma jamoa katta bosim ostida qoldi. Agar jamoaga etibor bersangiz, ehtiroslar darajasi ko'ngildagidek bo'lmaganini ko'rasiz. Bu haqda Kun Aguero ham aytib o'tdi. Uningcha, mag'lubiyat-sharmandalik. Biz tarkibimizda Leo bo'lgani uchun eng kuchli terma jamoamiz, deb o'ylashni bas qilishimiz kerak. To'g'ri, tarkibimizda ajo­yib futbolchilar bor. Lekin bu bilan turnirlarda yutib bo'lmaydi.

- Martinoning istefosini qanday qabul qildingiz?


- Qayg'u bilan. Uni ajoyib inson va murabbiy deb hisoblayman. AFAdagi vaziyatni inobatga oladigan bo'lsak, qatorasiga ikki marta Kopa Amerika finaliga chiqishning o'zi bo'lmaydi.

- Terma jamoada o'zgarishlar vaqti keldimi?


- O'zgarishlar kerak. Ammo uni bosqichma-bosqich olib borish lozim. Bir necha qariya futbolchilarni haydab yuborib, yangilar bilan boshlab bo'lmaydi. Kardinal o'zgarishlardan foyda yo'q. Umid qilamanki, Messi o'z qarorini o'zgartiradi.

- Faoliyatingizni yakunlaganingizdan keyin hayot qanday kechyapti?


- Futbolchilik davringizga hech nima teng kelmaydi. Hozirgi kunda futbol sohasini tark etmagan ko'plab sobiq o'yinchilar bilan gaplashdim. Futbolchilik davringizdagi hissiyotlarni qaytarib bo'lmas ekan. Buni aniq his qildim. Lekin hozircha barchasi joyida. Mazkur jarayonga olti oy tayyorgarlik ko'rdim va bu yordam bermoqda. Hozirda o'ynagan paytimda amalga oshira olmagan ishlarimni qilyapman. Jumladan, eski uyimga qaytib, do'stlarim bilan bemalol suhbatlashib o'tirishim mumkin. Ko'p yillarni uyimdan uzoqda o'tkazdim. SHu bois ham bunday imkoniyatga ega emasdim. Hamisha mashg'ulotlar, o'yinlar va safarlar. Ayni paytda esa hammasi boshqacha. Barchasi shunday bo'lgani mening omadim. O'tgan vaqtni qaytarib olmasligimni yaxshi bilaman. Lekin hayotim shunday o'tganidan xursandman.

- Endi hayotingizda futbolga vaqt ko'p bo'lyaptimi?


- Men oz degan bo'lardim. CHunki ko'proq vaqtimni boshqa narsalarga sarflayapman. Misol uchun, futbolchilik davrida tomosha qilgan o'yinlar yoki ko'rsatuvlarni ko'rmasligim mumkin. Lekin har qanday holatda ham hayotim futbolga bog'liq bo'ladi. U bilan aloqani uzmayman.

- Kelajagingizni qanday tasavvur qilasiz?


- Hozirda murabbiylik kurslariga boryapman. Har holda hayotim futbol bilan bog'liq bo'lgan. Qachonlardir Rasingni boshqarishga tayyorgarlik ko'ryapman. Hozir esa vaqti emas. Buni klub prezidentiga ham aytdim.

- Ukangiz Gabriel bilan murabbiylik sohasida gaplashdingizmi? Agar aka-uka Militolar jamoasi to'qnash kelsa, ularning qarashlari har xil bo'ladimi?

- Ko'p jihatlarda fikrimiz bir joydan chiqadi. Ammo kelishmovchiliklar ham bor.

- Qaysi jihatlaringiz o'xshash?

- Ikkimiz ham pressingni ma­qullaymiz. Hujumchi bo'lganim uchun ham hujum qilish yoqadi. Men o'ynagan jamoalar hamisha maydonda ustunlik qilishgan va to'pni ko'p qabul qilardim. Gabriel esa Barselonada o'ynab, ko'p narsani o'zlashtirgan. Biz o'xshashmiz. SHuningdek, ikkimiz ikkita klubda tarbiyalanganmiz (Diego Rasing (Avalyaneda), Gabriel esa shu shaharning Independente klubi tarbiyalanuvchisi).

- SHubhasiz, ukangizga hamisha  muvaffaqiyat tilaysiz...


- Nimaga shama qilayotganingizni tushundim... Hech qachon boshqa insonlarga yomonlik tilamaganman. Ayniqsa, ukamga. SHunchaki, u Independente, men Rasingning chempion bo'lishini istayman. SHu xolos.

- Endi bu tortishuv nafaqat aka-ukalar, balki jiyanlar orasida ham kechadimi?


- Gabrielning farzandlari Xames va Luka Independenteda o'ynashadi. Mening o'g'lim Leandro esa Rasingda.

- Mourino haqidagi fikringiz qanday?


- Joze jamoani ajoyib tarzda tayyorlay oladigan inson. U jahondagi eng kuchli mutaxassislardan biri. Har bir futbolchi 100 foiz imkoniyatini ishga solishi shart. Buning uchun esa murabbiy zarur paytda kerakli gaplarni aytib, uni ruhlantirishi lozim. Bazan esa qattiqqo'llik qilishga to'g'ri keladi. SHuningdek, Joze o'z jamoasini himoya qilishni biladi. Unga hamisha biror-bir himoyalanuvchi raqib kerak.

- Bazida shunday raqiblarni o'zi orttirib oladimi?


- Albatta. Atayin shunday qiladi. U bor zarbani o'ziga oladi. Jamoa esa xotirjam o'ynayveradi.

- U Gvardiola bilan kurashishni shu tufayli o'ylab topganmi?


- Menimcha, shunday.

- Interning CHempionlar Ligasidagi g'alabasini yuqori baholashmaydi...


- Biz o'sha paytdagi eng kuchli jamoa hisoblangan Barselonani 3:1 hisobida mag'lub etganmiz. Keyin Bavariyadan ustun keldik. Ammo bizni tinmay tanqid qilishgan. Hamma Barselonaga qarshi uchrashuvda himoyaga yotib olganimizni eslaydi. Ammo birinchi o'yinda hisobda ortda borayotib, 3:1 hisobida zafar quchganimizni hech kim eslamaydi. Kamp Noudagi o'yinda himoyalanganimizni yodga olaverishadi. Ammo o'shanda tarkibda to'rt hujumchi bo'lgan: Sneyder, Pandev, Eto~O va men. Maykon ham hujumlarga qo'shiladigan futbolchi. Mashg'ulot paytida Pandev jarohat oldi. Birinchi bo'limda Tiago Motta maydondan chetlatildi. O'zi shundoq ham Barselona bilan 11ga11 o'ynash qiyin. Endi o'n kishi bilan to'p surishni tasavvur qilavering.


H.MASAIDOV tayyorladi

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика