Diego Kosta mashg'ulotlardan bosh tortdi
18 apr 2019 20:47
Yangiliklar
Diego Kosta mashg'ulotlardan bosh tortdi
“Atletiko” hujumchisi Diego Kosta jamoasining bugun ertalab o'tkazilgan mashg'ulotini o'tkazib yubordi, deya xabar bermoqda AS nashri.
Nashr xabariga ko'ra, 30 yoshli hujumchining sog'lig'i bilan bog'liq hech qanday muammosi yo'q. Payshanba kuni ertalab u klub bazasiga kelgan, ammo jamoadoshlari bilan mashg'ulot o'tkazmasdan, qarorgohni tark etgan. Taxminlarga ko'ra, klub rahbariyatining futbolchini jarimaga tortishi Kostani g'azabini qo'zg'agan.
Kecha futbolchi diskvalifikaciyasi bois klub rahbariyati unga nisbatan jarima qo'llashi haqida ogohlantirilgan. “Atletiko” rahbariyati Kostaning “Barselona”ga qarshi bahsda hakamni haqoratlagani klub imidjiga ham jiddiy putur etkazilgan deb hisoblamoqda.
Joriy mavsumda Kosta “Atletiko” tarkibida 21 ta uchrashuvda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
O’xshash yangiliklar
01:59
Ispaniya Superkubogi. "Real" yarim finalda "Atletiko"ni mag'lub etdi, finalda "el klasiko" ko'ramiz 40
11:58
"Paxtakor" Riaskos, Abdixoliqov va yana 4 nafar futbolchi bilan xayrlashganini malum qildi 16
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Испания Суперкубоги. "Реал" ярим финалда "Атлетико"ни мағлуб этди, финалда "эл класико" кўрамиз
Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди
АПЛ. "Манчестер Сити" "Брайтон" билан ўйинда яна очко йўқотди. Ҳусанов тўлиқ ўйнади
Fikrlar