Diego Kosta koronavirusdan tuzaldi va "Atletiko"ga qaytdi
16 sen 2020 17:37
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/592590_original.jpg)
![](/upload/storage/592590_220.jpg)
Diego Kosta koronavirusdan tuzaldi va "Atletiko"ga qaytdi
Madridliklar hujumchisi Diego Kosta endi soppa-sog'.
"Atletiko" matbuot xizmatining xabariga ko'ra, 31 yoshli ispaniyalik forvard Diego Kosta, shuningdek himoyachi Santgo Arias koronavirusdan tuzalishdi va jamoa bilan mashg'ulotlarga qaytishdi.
Eslatib o'tamiz, oldinroq Madrid klubi ustozi Diego Simeone ham koronavirusga chalingani malum bo'lgan edi.
"Atletiko" La Liganing yangi mavsumidagi ilk o'yinini 27 sentyabr kuni "Granada"ga qarshi o'tkazadi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar