Diego Kosta faoliyatini "Zenit" yoki "Krasnodar"da davom ettirishi mumkin
07 fev 2022 16:04
Yangiliklar
Diego Kosta faoliyatini "Zenit" yoki "Krasnodar"da davom ettirishi mumkin
"CHelsi" va "Atletiko" sobiq hujumchisi Diego Kosta faoliyatini Rossiya chempionatida davom ettirishi mumkin.
Futbolchi unga "Zenit" va "Krasnodar" klublari qiziqish bildirayotganini tasdiqladi. Ammo, uning maqsadi "Fenerbaxche". Turk klubi Kostaga 2 mln evro maosh taklif qildi.
"Turkiyadagi vakillarim bilan bitimni muhokama qilgandan so'ng qaror qabul qilaman", - deydi Kosta.
33 yoshli forvard ayni damda erkin agent hisoblanadi. Kosta o'tgan mavsum "Atletiko Mineyro" safida 26ta o'yinda maydonga tushib, 7ta gol va 1ta assist qayd etdi.
Fikrlar