Diego Godin: "Inter"dan ketishim haqidagi gap-so'zlarni eshitib hayratda qoldim"
19 iyu 2020 15:17
Yangiliklar


Diego Godin: "Inter"dan ketishim haqidagi gap-so'zlarni eshitib hayratda qoldim"
"Inter" himoyachisi Diego Godin Milan klubidan ketishi haqida gap-so'zlarni rad etdi.
Oldinroq, "Inter"ning asosiy tarkibiga kiritilmayotgan 34 yoshli urugvaylik futbolchiga "Tottenxem" va "Manchester Yunayted" klublari qiziqayotgani borasida xabarlar yangragan edi.
"Haqiqat shundaki, meni "Inter"dan ketishim borasidagi gap-so'zlar hayron qoldirdi. Bu erga o'tganimdan beri o'zimni alo darajada his qilmoqdaman. Mening klub va muxlislar bilan aloqalarim yaxshi", - deydi Godin.
Godin "Inter"ga 2019 yilning yozida o'tgan edi va 2022 yilga qadar mo'ljallangan shartnoma imzolagandi. Bunga qadar esa 9 yil davomida "Atletiko"da o'ynadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar