Diego Forlan: "Suares "Oltin to'p"ni qo'lga kirita oladi"
07 fev 2014 12:27
Yangiliklar


Diego Forlan: "Suares "Oltin to'p"ni qo'lga kirita oladi"
"Serezo Osaka" va Urugvay terma jamoasi hujumchisi Diego Forlan hamyurti Luis Suaresni maqtadi.
– Suares shunday o'ynashda davom etsa "Oltin to'p"ni qo'lga kiritadi, – deydi Forlan Goal.com nashriga. – Urugvay terma jamoasining hujumchilari kuchli, Braziliyadagi mundialda biz o'zimizni ko'rsatishga urinamiz. Ammo guruhimiz juda murakkab – Italiya, Angliya, Kosta-Rika… Kurash juda kuchli bo'ladi, raqiblar safida ham kuchli hujumchilar mavjud.

Fikrlar