Diego CHavarria: "Toshkent menga Karino shahrini eslatib yubordi"
18 sen 11:11
Yangiliklar
Diego CHavarria: "Toshkent menga Karino shahrini eslatib yubordi"
Kosta-Rika futzal terma jamoasi azosi Diego CHavarria Niderlandiyaga qarshi o'yindan keyin mikst-zonada o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Niderlandiyaga qarshi qiyin o'yin o'tkazdik. O'yindan avval bizga ochko muhim ekanligini yaxshi bilardik. G'alaba qozonishni isgandik. SHukrki, hech bo'lmaganda, 1 ochko qo'lga kiritdik. Keyingi bosqichga yo'l olish uchun barchasi o'zimizga bog'liq.
Raqibga qarshi ko'proq himoyalanib, asosan, qarshi hujumlarga tayanishga harakat qildik. Afsuski, ularning barchasidan unumli foydalana olmadik.
Keyingi turdagi raqibimiz mezbon O'zbekiston hisoblanadi. Ular yaxshi jamoa va biz bo'lg'usi uchrashuvda bor kuchimiz bilan kurashishimiz kerak.
Toshkent shahri menga yoqdi. Bu er menga Karinoni (Ispaniyadagi shahar — tahririyat) eslatib yubordi", dedi CHavarria.
Oqil Abdubarnoev suhbatlashdi.
Fikrlar