Diego Alves: "Real" - "Valensiya" uchrashuvida durang adolatli natija bo'lardi"
30 apr 2017 14:47
Yangiliklar
Diego Alves: "Real" - "Valensiya" uchrashuvida durang adolatli natija bo'lardi"
"Valensiya" posboni Diego Alves LaLiganing 35-turida "Real"dan uchralgan mag'lubiyat (1:2) haqida fikr bildirdi.
"Biz maydonni xafa bo'lib tark etdik, chunki himoyada yaxshi o'yin ko'rsatdik. Uchrashuv oxirida hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo'ldik, ammo ular javob qaytarishdi. Durang adolatli natija bo'lardi.
"Valensiya" butun mavsum davomida barqaror o'yin ko'rsata olmadi, keyingisida xatolarni to'g'irlash kerak. Penalti qaytarganimdan xursandman, ammo natijada emas. Kelasi mavsumda darvozamizga bunchalik ko'p penalti belgilashmaydi degan umiddaman" - deydi Alves.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar