Dide Desham: "Sardorlik Mbappeni o'zgartirmaydi"
25 mar 2023 12:45
Yangiliklar


Dide Desham: "Sardorlik Mbappeni o'zgartirmaydi"
Franciya termasi yulduzi Kilian Mbappe terma jamoadagi ilk sardorlik o'yinini o'tkazdi.
Franciya terma jamoasi payshanba oqshomida Niderlandiyaga qarshi o'yin o'tkazdi va yirik 4:0 hisobida g'alaba qozondi. Jamoa hujumchisi Kilian Mbappe ushbu bahsda dubl qayd etdi. Bu o'yin futbolchining terma jamoadagi birinchi sardor sifatidagi o'yini edi. Bosh murabbiy Dide Desham sardorlik bog'ichi uni o'zgartirmasligini aytdi va quyidagi fikrlarni bildirdi:
"U sardor, allaqachon bunday o'yinlarda ishtirok etgan. Jamoaning boshqa azolari singari unda ham yaxshi o'yin ko'rsatish va eng muhimi, g'alaba qozonish istagi ko'rindi".
O’xshash yangiliklar
04:40
ECHL. "Manchester Siti" safarda "Real Madrid"ga mag'lub bo'ldi, Husanov o'yinda to'liq harakat qildi 16

Fikrlar