Dide Desham: "Franciya Krishtianu Ronalduga alohida etibor qaratadi"
07 okt 2014 11:43
Yangiliklar


Dide Desham: "Franciya Krishtianu Ronalduga alohida etibor qaratadi"
Franciya terma jamoasi bosh murabbiyi Dide Deshamning so'zlariga ko'ra, uning jamoasiga Portugaliya terma jamoasining sardori Krishtianu Ronalduni qo'riqlash qiyin bo'ladi.
Eslatib o'tamiz, bu raqiblar shanba, 11 otkyabr kuni o'rtoqlik uchrashuvida bahs yuritishadi.
"Qiyin bo'ladi. U juda foydali futbolchi. Muxlislar uni ko'rib xursand bo'lishlari aniq. Ronalduga o'ynash uchun qancha vaqt berishlarini bilmayman, chunki ular bir necha kundan keyin Evro2016ning saralash uchrashuvida ishtirok etishadi. Albatta, Krishtianu Ronalduga alohida etibor qaratamiz. Birga-bir holatlarda u ko'p narsaga qodir. Bir tarafdan jamoa unga bog'liq, ikkinchi tarafdan esa - u jamoadoshlariga ko'proq erkinlik yaratib beradi" - deydi Desham.

Fikrlar