Dide Desham: "Fransiya Krishtianu Ronalduga alohida e'tibor qaratadi"

Aslanov Jasurbek
7 okt 2014, 11:43
Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi Dide Deshamning so'zlariga ko'ra, uning jamoasiga Portugaliya terma jamoasining sardori Krishtianu Ronalduni qo'riqlash qiyin bo'ladi.

Eslatib o'tamiz, bu raqiblar shanba, 11 otkyabr kuni o'rtoqlik uchrashuvida bahs yuritishadi.

"Qiyin bo'ladi. U juda foydali futbolchi. Muxlislar uni ko'rib xursand bo'lishlari aniq. Ronalduga o'ynash uchun qancha vaqt berishlarini bilmayman, chunki ular bir necha kundan keyin Evro2016ning saralash uchrashuvida ishtirok etishadi. Albatta, Krishtianu Ronalduga alohida e'tibor qaratamiz. Birga-bir holatlarda u ko'p narsaga qodir. Bir tarafdan jamoa unga bog'liq, ikkinchi tarafdan esa - u jamoadoshlariga ko'proq erkinlik yaratib beradi" - deydi Desham.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: sport-express.ru