Dibala "Yuventus" bilan xayrlashdi
15 may 2022 23:17
Yangiliklar
Dibala "Yuventus" bilan xayrlashdi
"Yuventus" hujumchisi Paulo Dibala o'zining so'nggi haftalarini Turin klubida o'tkazayotganini tasdiqladi.
28 yoshli argentinalik hujumchi muxlislar va "Yuventus" vakillari bilan xayrlashdi.
“Ko'p yillar birga bo'lamiz deb umid qilgandim, ammo taqdir yo'llarimizni ajratdi. O'tgan ajoyib etti yilni, bu erda kiritilgan 115 ta golning har birini va jamoa safida qo'lga kiritilgan 12 ta sovrinni hech qachon unutmayman. Ertaga mening "Yuventus" libosidagi so'nggi uy o'yinim bo'ladi", - deb yozadi Dibala ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Eslatib o'tamiz, argentinalik futbolchi 2015 yildan beri “keksa sinora” safida 291 ta o'yin o'tkazgan.
Fikrlar