Dibala sentyabr so'ngiga qadar "Yuventus" bilan shartnomani uzaytiradi
18 sen 2021 15:57
Yangiliklar
Dibala sentyabr so'ngiga qadar "Yuventus" bilan shartnomani uzaytiradi
"Yuventus" forvardi Paulo Dibala klub bilan shartnomasini uzaytiradi.
Jurnalist Nikolo Skiraning malumotiga ko'ra, 27 yoshli argentinalik futbolchi sentyabr oyi so'ngiga qadar klub rahbariyati bilan yakuniy uchrashuvni o'tkazadi va shartnomaga imzo chekadi.
Bitim 2025 yilga qadar imzolanishi kutilmoqda.
Dibala "Yuventus"da 2015 yildan beri o'ynaydi. Hujumchi joriy mavsum 3ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol va 1ta assist qayd etdi. Uning amaldagi shartnomasi 2022 yilning iyun oyi so'nggiga qadar mo'ljallangan.
Fikrlar