Dibala JCHni o'tkazib yuborishi mumkin. U penalti tepish chog'ida jarohat oldi
10 okt 2022 15:11
Yangiliklar
Dibala JCHni o'tkazib yuborishi mumkin. U penalti tepish chog'ida jarohat oldi
Paulo Dibala JCH-2022ni o'tkazib yuborish ehtimoli bor.
"Roma" hujumchisi "Lechche" bilan A Seriya o'yinida (2:1) penalti tepish vaqtida jarohatlandi.
Argentinalik futbolchi 48-daqiqada 11 metrlik zarbani golga aylantirdi, biroq shundan so'ng u oqsoqlanib, chap oyog'ini ushlab yurdi.
Rimliklar bosh murabbiyi Joze Mourinyu uchrashuvdan keyin Dibalaning bu yil maydonga qaytishi qiyin bo'lishini aytdi.
Qatardagi mundial 20 noyabr kuni boshlanadi. Argentina terma jamoasi ilk uchrashuvni 22 noyabr kuni Saudiya Arabistoni bilan o'tkazadi.
Fikrlar