Dibala bilan APLning yana bir grandi muzokara o'tkazmoqda
31 dek 2018 11:11
Yangiliklar
Dibala bilan APLning yana bir grandi muzokara o'tkazmoqda
"CHelsi" "Yuventus" forvardi Paulo Dibala bilan shartnoma imzolashga harakat qilib ko'radi.
"Don Balon" xabariga ko'ra, "aristokratlar" 25 yoshli futbolchining keyingi yozda "Stemford Brij"ga ko'chib o'tishi borasida muzokaralar olib borishmoqda. London jamoasi argentinalik futbolchini "Real"ga o'tishi mumkin bo'lgan Eden Azarning o'rnida o'ynatishi mumkin.
Bu mavsumda Dibala "Yuventus" tarkibida 22 o'yinda qatnashib, 7 gol urdi va 3 golga assistentlik qildi. "Transfermarkt" portali ushbu futbolchini 110 million evroga baholagan.
Fikrlar