Diarra: "Real"ga qarshi kurash yakunlangani yo'q"
18 fev 2018 13:35
Yangiliklar


Diarra: "Real"ga qarshi kurash yakunlangani yo'q"
PSJ yarim himoyachisi Lassana Diarra "Strasburg"ga qarshi Franciya chempionatining 26-tur uchrashuvi (5:2) haqida fikr bildirdi.
Eslatib o'tamiz, bu o'yindan oldin parijliklar "Real"ga qarshi CHempionlar ligasi 1/8 final uchrashuvida mag'lub bo'lgan (1:3) edi.
"Bu ajoyib g'alaba bo'ldi. Yana zafarli yo'lga qaytish muhim edi. CHorshanbada nima bo'lganini bilamiz - bu futbol, ammo kurash yakunlangani yo'q. Biz har bir bahsda g'alaba qozonishni istaymiz. SHaxsan o'zimga to'xtaladigan bo'lsak, o'zimni yaxshiroq his qilib boryapman. Bizni uzoq yo'l kutib turibdi, ammo hammasi yaxshi" - deydi Diarra.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar