Diafra Sako "Vest Xem" bilan shartnomani uzaytirishi mumkin
18 dek 2014 23:29
Yangiliklar

Diafra Sako "Vest Xem" bilan shartnomani uzaytirishi mumkin
"Vest Xem" hujumchisi Diafra Sako klubi bilan yangi shartnoma borasida muzokara boshladi.
Yozda "bolg'aurarlar" Diafrani "Metc"dan 4 million funtga sotib olgandi. 24 yoshli francuz Angliya futboliga ajoyib moslashib ketdi va 10ta o'yinda 7ta gol urdi.
Sakoga Premer-Liganing bir qator klublari qiziqish bildirishmoqda. "Vest Xem" rahbariyati uni o'zlarida saqlab qolish uchun yangi shartnoma taklif qilishmoqchi.
Daily Mail nashrining xabariga ko'ra, seshanba kuni ayni paytda haftasiga 15 ming funt maosh olayotgan Sako klub xo'jayini Devid Sallivan bilan uchrashdi. Uchrashuv chog'ida Diafra yangi shartnoma borasida muzokara o'tkazdi.

Fikrlar