Di Mariya yozda "Yunayted"ni tark etishi mumkin
10 mar 2015 10:01
Yangiliklar

Di Mariya yozda "Yunayted"ni tark etishi mumkin
"Manchester Yunayted" mavsum tugagach o'z yarim himoyachisi Anxel Di Mariya bilan xayrlashishi mumkin.
O'tgan yozda "qizil iblislar" Argentina terma jamoasi azosini "Real"dan 59.7 million funt evaziga sotib olishgandi.
Di Mariyaning Angliya futboliga ko'nikishi ancha qiyin kechmoqda. Futbolchining oilasi Manchesterda o'zini yaxshi his qilmayapti, Anxel esa hamon inglizcha tushunmasligini tan olmoqda.
Daily Mirror nashrining xabariga ko'ra, 27 yoshli futbolchi "Yunayted"ni yozda tark etishi deyarli aniq. Di Mariyaga bosh davogar sifatida PSJ hisoblanmoqda.
PSJ o'tgan yozda Anxelga qiziqqandi, biroq moliyaviy feyr-pley tufayli uni sotib olishni uddasidan chiqmagandi. "Yunayted" yozda Di Mariyani o'z narxidan kamroqqa sotishi mumkin. "Yunayted" futbolchini sotsa taxminan 10 million funt yo'qotadi.

Fikrlar