Di Mariya va Markinos oilalari PSJ o'yini vaqti garovga olindi, Di Mariya shu sabab 62-daqiqada o'yindan olindi
15 mar 2021 11:11
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/625481_original.jpg)
![](/upload/storage/625481_220.jpg)
Di Mariya va Markinos oilalari PSJ o'yini vaqti garovga olindi, Di Mariya shu sabab 62-daqiqada o'yindan olindi
PSJ yarim himoyachisi Anxel Di Mariyaning uyi Liga 1 doirasidagi "Nant" (1:2)ga qarshi o'yin vaqtida talon-taroj qilindi, bundan tashqari argentinalikning oilasi garovga olindi.
O'yin paytida parijliklar sport direktori Leonardo voqeani bosh murabbiy Maurisio Pochettinoga xabar qildi va xavbek 62-daqiqada almashtirildi. Di Mariya shu zahotiyoq stadionni tark etdi va oilasi yoniga yo'l oldi.
Manbaning xabariga ko'ra, o'yin paytida PSJ himoyachisi Markinosning ota-onasining uyiga ham o'g'ri tushgan va ular ham garovga olingan. Braziliyalik futbolchi to'liq, 90 daqiqa o'ynadi.
Policiya tomonidan ikki holat bo'yicha tergov ishlarini boshlab yuborildi.
Oldin, aniqrog'i 2015 yilda ham Di Mariyaning Manchesterdagi uyiga u MYUda o'ynab yurgan payti o'g'irlikka tushishgan.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar