Di Mariya "PSJ" bilan shartnomani uzaytirdi
01 noy 2018 01:43
Yangiliklar
Di Mariya "PSJ" bilan shartnomani uzaytirdi
Argentinalik yarim himoyachi Anxel Di Mariya "Pari Sen-Jermen" klubi bilan shartnomasini uzaytirdi.
Bu haqda Franciya klubi matbuot xizmati o'zining Tvitterdagi sahifasida elon qildi. Endi 30 yoshli futbolchi "PSJ" tarkibida 2021 yil 30 iyuniga qadar to'p suradi.
Avvalroq, unga Turinning "Yuventus" klubidan qiziqish bo'layotgandi. Anhel Di Mariya esa APLga qaytishni xohlayotganini aytib o'tgandi.
Di Mariya parijliklar safiga 2015 yilda "Manchester Yunayted"dan borib qo'shilgan. Joriy mavsumda 11 uchrashuvda maydonga tushdi va gol+pas tizimida 9 ochko to'pladi - 3 gol, 6 golli uzatma.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar