Di Mariya: "Messidan doim ko'p narsa kutishadi"
10 dek 2021 09:13
Yangiliklar
Di Mariya: "Messidan doim ko'p narsa kutishadi"
PSJ yarim himoyachisi Anxel Di Mariya Lionel Messining jamoaga moslashuvi haqida gapirdi.
"O'ylaymanki, "Bryugge"ga qarshi o'yinda biz ko'p narsani uddalayotganimizni ko'rsata oldik. Leodan ko'p narsa kutishayotgani oddiy holat. Ammo u bilan ham doimo 5:0 hisobida g'alaba qozona ololmaymiz.
Barchasi bosqichma-bosqich bo'ladi. U oilasi bilan uyda yashamoqda va xursand.
Parij va jamoaga ko'nikdi. Transfer u uchun katta o'zgarish bo'ldi, endi u "Barselona"dan farq qiladigan o'yin uslubiga ko'nikmoqda", - dedi Di Mariya.
Fikrlar