Di Mariya Messi va o'zining laqabini oshkor qildi
02 sen 2021 20:17
Yangiliklar
Di Mariya Messi va o'zining laqabini oshkor qildi
"Faoliyatimda gilosli tort: Messi bilan bir klubda o'ynash etishmasdi.
Men uni doim "gnom" deb atayman. Boshidan emas, do'st bo'lganimizdan buyon, albatta. U meni anchadan beri "lapsha" deb chaqiradi, men uni "gnom" deyman. O'ylaymanki, hammasi shunday qoladi.
Men unga oddiy odam kabi qarayman va bu unga yoqadi. U jamoat joylarida o'zini ko'rsatishni xushlamaydi, shuning uchun o'zi bilan yaqin va odatiy munosabatga kirishadiganlar bilan muloqot qiladi.
Agar siz uni o'zga sayyoralikdek qabul qilib, munosabatga kirishsangiz, u o'z qobig'iga o'ralib oladi, chunki bu unga yoqmaydi. U do'stlari bilan suhbatlashishni, barbekyuga borishni, suhbatlashishni, kulishni yaxshi ko'radi.
Intervyularda hamisha uni o'zga sayyoralik deb aytaman, chunki rostan shunday, u dunyodagi eng zo'ri. Lekin biz uchun u Leo, "gnom" va biz unga ana shunday munosabatda bo'lamiz", – dedi di Mariya.
Fikrlar