Di Mariya "Manchester Yunayted"ga o'tishga rozilik bildirdi
24 avg 2014, 01:53
"Real"ning argentinalik yarim himoyachisi Anxel Di Mariya faoliyatini "Manchester Yunayted"da davom ettiradigan bo'ldi.
Di Mariya "Manchester Yunayted"ga o'tishga rozilik bildirdi deb xabar bermoqda "Sky Sports". Transfer narxi 60-70 million evro atrofida baholanmoqda. Di Mariya keyingi haftada rasman shartnoma imzolashi kutilmoqda.