Di Mariya faoliyatidagi eng yomon murabbiy kim ekanligini aytdi
02 sen 2021 13:51
Yangiliklar
Di Mariya faoliyatidagi eng yomon murabbiy kim ekanligini aytdi
PSJ va Argentina terma jamoasi yarim himoyachisi Anxel Di Mariya faoliyati davomidagi eng yomon murabbiyni aytdi.
"MYUda muammoim murabbiy bo'lgan edi. Van Gal faoliyatimdagi eng yomon mutaxassis bo'lgan. Men gol urganman, assist qayd etganman, keyingi kuni esa u menga noo'rin paslarimni ko'rsatgan.
U ilk kuniyoq meni rad etgan. Unga o'yinchi undan ham muhim bo'lishi mumkinligi yoqmagan", - deydi Di Mariya.
Futbolchi 2014-2015 yillar davomida "Manchester Yunayted"da o'ynagan, shundan so'ng PSJga o'tgan. Argentinalikning parijliklar bilan shartnomasi 2022 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.
Fikrlar