Di Mariya chorak finalda o'ynamasligi mumkin
04 dek 2022 17:57
Yangiliklar
Di Mariya chorak finalda o'ynamasligi mumkin
Argentina termasi futbolchisi Anxel Di Mariyaning JCH-2022 1/4 finalda ishtirok etishi so'roq ostida qolmoqda.
Bu haqda terma ustozi Lionel Skaloni malumot berdi.
"Anxel Avstraliyaga qarshi o'yinga tayyor emasdi. Albatta, hech bo'lmasa uni zaxirada olib o'tirsa ham bo'lardi, bu termaga ham yordam berishi mumkin edi. Biroq bu safar emas. Oldimizdagi mashg'ulotlar davomida uning jismoniy holatini yaxshilashga harakat qilamiz. Biroq chorak finalgacha uning holat ideal bo'lishi juda qiyin", - dedi mutaxassis.
Niderlandiya - Argentina uchrashuvi 9 dekabr kuni bo'lib o'tadi.
Fikrlar