Deyan Jurjevich: "Bugun yaxshi o'ynagan jamoa mag'lub bo'ldi"
26 iyu 2019 21:59
Yangiliklar
Deyan Jurjevich: "Bugun yaxshi o'ynagan jamoa mag'lub bo'ldi"
"Navbahor" - "Qizilqum" (0:1) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida Deyan Jurjevich o'z fikrlarini bildirdi.
"Birinchi o'yinda, o'z maydoningda mag'lub bo'lsang bu juda yomon. Menimcha bugun yaxshi o'ynagan jamoa mag'lub bo'ldi. Bizning darvozamiz tomon yo'llangan birinchi zarba golga aylandi, keyin esa javob bera olmadik.
SHunday bo'lsa ham, yigitlarga etirozim yo'q. Ular harakat qilishdi, vaziyatlar sodir etildi. Bizda yangi futbolchilar bor, muhim o'yinchilar klubdan ketishdi. O'yinni o'z joyiga qo'yib olishuchun biroz vaqt kerak bo'ladi.
Joze Mourinyu jamoani to'liq o'rganib olish uchun ikki yil vaqt kerak deb aytgandi. Futbolda vaqt juda ham muhim faktor.
Qaytaraman, bugun biz yaxshi o'ynadik, ammo omad yuz o'girdi. "Qizilqum" ham yaxshi o'ynadi", - deydi Jurjevich.
Bekzod Tolibov Namangandan maxsus
Fikrlar