Devid Moyes: "ECHL finalida o'ynaymiz"
30 mar 2014 01:08
Yangiliklar


Devid Moyes: "ECHL finalida o'ynaymiz"
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Devid Moyes "Aston Villa" ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng o'z fiklarini bildirib o'tdi.
Juda intiqlik bilan "Bavariya"ga qarshi o'yinni kutmoqdaman. Hamma aytgandiki, MYU chorak finalgacha etib kelsa ham yutuq deb. Lekin biz yarim final va undan keyin finalda o'ynamoqchimiz. Bizni og'ir o'yin kutib turibdi. Balki bu jahonning eng kuchli jamoasiga qarshi uchrashuvdir. Biz bu jamoaga qarshi bahsga to'liq tayyormiz. "Old Trafford"da hech kimga oson bo'lmaydi. Men har doim aytaman, bu erda muhit juda o'zgacha. Muxlislar seni tinmay qo'llab-quvvatlashadi. Bu esa ortiqcha kuch bag'ishlaydi. Har bir muxlis menga "Manchester Yunayted"ni boshqarish katta sharaf ekanligini eslatib yuboradi.

Fikrlar