So’nggi yangiliklar

02:00ЖЧ саралаши. Италия Исроил дарвозасига 5та гол урди, Швеция кутилмаганда мағлубиятга учради  4 00:42CAFA Nations Cup-2025. Энг яхшилар аниқланди ва ғолибга соврин топширилди  20 00:30Муҳаммадрасул Абдумажидов Бельгия клубига ўтмайди  2 00:14Славен Билич Ўзбекистон терма жамоаси бош мураббийига айланиши мумкин  30 00:05Тимур Кападзе: "Эрон терма жамоаси қачон рози бўлган ўзи?"  93 23:00Қозоғистон Президенти Тоқаев: "Футбол клубларини хусусийлаштириш бўйича ишларни тезлаштириш керак. Бусиз футбол ривожланмайди"  4 21:50"CAFA Nations Cup-2025". Ўзбекистон терма жамоаси 13 йилдан сўнг Эронни ютди ва турнир ғолибига айланди  1026 20:32Шавкат Мирзиёев Жанни Инфантинога “Дўстлик” орденини топширди  17 20:26Португалиялик мураббий Озарбайжон терма жамоаси бош мураббийлигидан кетди  11 19:52CAFA Nations Cup турнирида сенсация! Ҳиндистон пенальтилар сериясига кўра Ўмондан устун келиб, 3-ўринни қўлга киритди!  16 19:13Гвардиола Абдуқодир Хусанов учун янги режа ишлаб чиқди  11 18:32ЎФА раҳбарияти Ўзбекистон МТЖга таклиф этишни хоҳламаган мураббий "Байер"ни бошқаради  11 18:04Амирҳуссайн Ҳуссайнзода: "Ҳакамлар Ўзбекистон фойдасига қарор қабул қилмоқда"  20 17:42Ахбор Имомхўжаев хотира турнири-2025. Мусобақа, жамоалар, гуруҳлар ва яшил майдонга қайтаётган юлдузлар  5 17:30Омид Нурафкан: "Ўзбекистонни икки-уч гол фарқи билан мағлуб эта оламиз"  10

Devid Karni: “O'ylaymanki, yaqin orada o'zbekistonlik futbolchilar Evropaga yo'l olishadi" Yangiliklar

Devid Karni: “O'ylaymanki, yaqin orada o'zbekistonlik futbolchilar Evropaga yo'l olishadi"

Yaqinda “Bunyodkor” futbol klubi tashkil etilganiga sakkiz yil to'ldi.
O'ylab qaralganda, ortda qolgan davr qisqa vaqtni o'z ichiga qamrab olgan bo'lsa-da, “Bunyodkor” futbol klubi shu davr ichida maqtangulik tarixini yarata oldi.

Jamoamizda bir qancha mashhur nomlar faoliyat yuritishib, klub tarixida o'ziga xos iz qoldirishga erishishdi. Jumladan, o'tgan mavsumda “qaldirg'ochlar” safida yashil qitadan bo'lgan ilk futbolchi – Devid Karni to'p tepdi.

“Bunyodkor” FK matbuot xizmati veb-saytimiz orqali jamoamizda faoliyat yuritib ketgan futbolchilar bilan suhbatlashib, ularni klubimizda o'tkazgan davrini esga olishni ananaviy tarzda yo'lga qo'ydi.

O'tgan safar muxlislar hukmiga chililik hujumchi Xose-Luis Vilyanueva bilan tashkil etilgan suhbatni havola etgandik. Bu safar avstraliyalik chap qanot yarim himoyachisi – Devid Karnidan intervyu oldik.

- Salom, Devid! Yaxshimisiz?
- Salom! Men yaxshiman, o'zingizlar-chi?

- Bizda ham hammasi yaxshi. “Bunyodkor” jamoasidagi so'nggi o'yiningiz o'tgan sanaga ham bugun roppa-rosa (suhbat 18 avgust kuni uyushtirilgan) bir yil to'ldi. SHundan beri nimalar bilan bandsiz?
- “Bunyodkor” jamoasini tark etganimdan so'ng yil davomida agentim bilan turli xil takliflarni ko'rib chiqdim. Meni xizmatimga qiziqish bildirayotgan klublarni o'rgandik, o'sha jamoa joylashgan shahar bilan yaqindan tanishdik, shuningdek klubning maqsadi va o'yin uslubini ham muhokama qilib oldik. Faoliyatimni Eron chempionatida davom ettirishim ham mumkin edi. Biroq forslar bilan olib borgan muzokaramiz yakunda amalga oshgani yo'q. Uzoq o'tgan muzokaralardan so'ng yaqinda Amerikaning “Nyu-York Red Bullz” klubi bilan shartnoma tuzdim.

- “Bunyodkor”dagi o'yiningiz muxlislar kutganchalik yorqin bo'lgani yo'q. Jamoani tark etgach, O'zbekiston chempionatida o'ynab keta olmaganingizni tahlil qilib chiqdingizmi?
- Juda qiyin savol. Men boshqa bir avstraliyalik futbolchilar qatori o'z faoliyatimga befarq qaramayman. O'zimga va yaqinlarimga nisbatan talabchan va masuliyatliman. “Bunyodkor”da muntazam asosiy tarkibga kira olmaganimni birgina omil bilan baholamagan bo'lardim. Qaerdadir o'zim xato qildim, balki yangi muhitga moslasha olmadim. Bazi hollarda esa murabbiylar bilan bir-birimizni tushuna olmadik. Nima bo'lgan taqdirda o'zimni “Bunyodkor”ga foyda keltirgan futbolchi sifatida hisoblayman.

- Bu jamoa azolari bilan hozir ham aloqani saqlab qolganmisiz?
- Ha, O'zbekistonda do'stlarim bor. Ular bilan tez-tez bo'lmasa-da, gaplashib turaman.

- Yashil qitadan tashrif buyurgan ilk futbolchi sifatida chempionatimizga va “Bunyodkor” futbol klubiga qanday baho berasiz?
- O'ylashimcha, O'zbekistonda futbolga bo'lgan etibor judayam yuqori. SHu boisdan ham so'nggi yillarda yurtingiz futboli jahon maydonlariga juda tezlik bilan tanila oldi va bu jarayon yaxshi saviyada davom etmoqda. “Bunyodkor” jamoasi tarkibidagi kuchli raqobat natijasida terma jamoaga munosib nomzodlar etishib chiqyapti.

- Faoliyatingiz mobaynida Angliya premer ligasining bir necha klublari sharafini himoya qilgansiz. SHuningdek, Gollandiya chempionati va Ispaniya Segunda ligasida o'ynadingiz. Evropada uzoq vaqt to'p tepgan tajribali futbolchi sifatida aytingchi, “Bunyodkor”ning qaysi bir futbolchilarini ko'xna qitada o'ynab keta oladi?
- Avvalo, har bir futbolchi Evropada o'ynasa bo'ladi. Bu futbolchining o'ziga bo'lgan ishonchiga bog'liq. “Bunyodkor” safida bir necha terma jamoa azolari bor. O'ylaymanki, shu yaqin orada o'zbekistonlik futbolchilardan kimdur Evropa chempionatlarining biriga yo'l oladi.

- SHunga o'xshash yana bir savol. Agarda “Bunyodkor” FK Avstraliya A-ligasida harakat qiladigan bo'lsa qanday o'rinlar uchun kurashishi mumkin, deb o'ylaysiz?
- SHaxsan men uchun hali ham “Bunyodkor” juda kuchli jamoa va Osiyo etakchilaridan biri sifatida gavdalanadi. Jamoa xalqaro maydonlarda boy tajribaga ega. “Bunyodkor”ning bir jihatiga besh ketaman – jamoa ko'rsatayotgan natijalar doimo barqaror. A-liga klublarida esa unday emas. Bir mavsum kuchli o'yin ko'rsatgan jamoa bir yil o'tib pastki pog'onalarga tushib ketishi hech gap emas. O'ylashimcha, toshkentliklar Avstraliya chempionatida bemalol sovrinli o'rinlar uchun kurasha oladi.

- Hozirgi paytda yurtimizni qanday xotiralar bilan eslaysiz? Nimalar yoqqan-u, nimalar yoqmagan?
- O'zbekistonda o'tgan kunlarim qalbimda abadiy muhrlanib qolgan. Xalqingiz menga nisbatan juda ochiq ko'ngil va hushmuomalada bo'lgan. Doimi eslab yuradiganim bu – har bir o'yindan oldin osh eganlarimiz. Boshida men hech ham o'rgana olmasdim. Klub oshpazi Rasul menga boshqa Evropa taomlarini tayyorlab berardi. Boshqa joylarda klublarda o'ynagan kezlarimda har kim o'z xohishiga qarab ovqatlanadi. Men uchun og'ir bo'lgan jihat shuki yoz faslining issiq kunlarida qiynalganman.

- “Bunyodkor” haqida xorijdagi tanish do'stlaringiz qiziqib turisharmidi?
- Avstraliya terma jamoasi yig'inlariga borgan paytlarimda jamoadoshlarim “Bunyodkor” haqida juda ko'p savollar berishardi. Hozir esa Amerikadagi yangi jamoadoshlarim sobiq klubim bilan qiziqishadi. Oila azolarim va boshqa tanishlarim asosan “Bunyodkor” bilan shartnoma imzolaganimda so'rab, surishtirishardi.

- Mazmunli suhbatingiz uchun minnatdorchilik bildiramiz va yangi jamoangizdagi faoliyatingizga omadlar tilaymiz.
- Rahmat.

Bahodir MIRZAEV suhbatlashdi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика