Development Cup–2017. O'zbekiston o'smirlar termasi Makedoniyani mag'lubiyatga uchratdi
19 apr 2017 12:23
Yangiliklar
Development Cup–2017. O'zbekiston o'smirlar termasi Makedoniyani mag'lubiyatga uchratdi
Dilshod Nuraliev bosh murabbiyligidagi O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi Armaniston poytaxti Erevan shahrida start olgan xalqaro musobaqada o'z ishtirokini boshladi.
Development Cup nomli musobaqada O'zbekiston o'smirlar termasi ilk uchrashuvini kecha, 18 aprel kuni Makedoniya U-15 futbolchilariga qarshi o'tkazib, 2:1 hisobida zafar quchdi.
17–23 aprel kunlariga belgilangan turnir davomida Dilshod Nuraliev shoigrdlari Armaniston va Kipr mamlakatidagi tengdoshlariga qarshi ham kuch sinashadi.
Mazkur musobaqa O'zbekiston o'smirlar termasi uchun 2018 yilgi U-16 Osiyo chempionatiga saralash bosqichiga tayyorgarlik vazifasini o'taydi. Saralash bosqichi shu yilning 16–24 sentyabr kunlari bo'lib o'tadi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar