Desham: “Vengriya xuddi hayot uchun kurashayotgandek o'ynadi”
19 iyu 2021 21:25
Yangiliklar


Desham: “Vengriya xuddi hayot uchun kurashayotgandek o'ynadi”
Evro-2020 2-turidan o'rin olgan Vengriyaga qarshi o'yindagi durang (1:1)dan keyin Franciya termasi ustozi Dide Desham o'z fikrlarini aytdi.
“Vengriya terma jamoasi xuddi hayot uchun kurashayotgandek o'ynadi. Barchasi yaxshi o'ylangandi. Bizda esa bir ochko. Albatta, boshqa narsaga umid qilgandik.
Umuman olganda mamnunman. Yo'q, natijadan u qadar xursand emasman, ammo bundan qoniqdim. Yutqazmadik, uch ochkomizga bir ball qo'shib qo'ydik. Ushbu natija biz uchun keyingi bosqich eshiklarini ochdi deb o'ylayman. Uchinchi o'yinga xotirjam tayyorlanashimiz mumkin”, deydi Desham.
Eslatib o'tamiz, francuzlar oxirgi turni 23 iyunda Portugaliyaga qarshi o'tkazadi.
O’xshash yangiliklar
21:15
O'zbekiston U-23 terma jamoasi Franciyaga qarshi bahs olib boradi. Francuzlar tarkibini o'rganamiz 13

Fikrlar