Desham Ukraina bilan o'yindagi durangdan hafa
25 mar 2021 09:27
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/627125_original.jpg)
![](/upload/storage/627125_220.jpg)
Desham Ukraina bilan o'yindagi durangdan hafa
Franciya terma jamoasi bosh murabbiyi Dide Desham Ukrainaga qarshi o'yindan so'ng o'z fikrlarini bildirdi.
"Biz tanaffusgacha o'zimizni xavfsiz holatga keltirib qo'yishimiz kerak edi. Bungacha bir necha vaziyatlar yaratgandik. Ikkinchi taym qiyin o'tdi. Gol o'tkazib yubormasligimiz ham mumkin edi. Bundan tashqari, biz oxirigacha kurashdik.
Hafamiz. Birinchi taymda tashabbusga ega edik, o'tkir hujumlar tashkil etdik. Ammo raqib yaxshi himoyalandi. Ukrainaning 20 ga yaqin o'yinini ko'rib chiqdik. Ammo ilk marotaba ularda mana shunday o'yin uslubini ko'rdik. SHevchenkoning taktikasini tanqid qilmayman. U tanlov qildi va o'z jamoasi uchun ijobiy bo'lgan natija qayd eta oldi.
Bugun faqatgina bir ochko oldik. Ammo yakshanba kuni Qozog'istonda barchasi boshqacha bo'ladi: o'yin, ob-havo, raqib", - dedi Desham.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar