Desham: "Turnir qiziqish bildirmoqda, Fransiyaning raqiblari yuqori saviyali"

Aslanov Jasurbek
24 yanv 2018, 18:03
Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi Dide Desham Millatlar Kubogi qur'asi haqida fikr bildirdi.

Fransiya terma jamoasi A liganing birinchi guruhida Germaniya va Gollandiya bilan o'ynaydi.

"Raqibimiz yuqori saviyali jamoa bo'lishini bilardik. Oldinroq Yevropa saralashida Gollandiya bilan va o'rtoqlik uchrashuvida Germaniya bilan o'ynadik. Nemislarni taslim qila olmadik. Bizni nufuzli bahslar kutmoqda, turnir aynan shu uchun yaratilgan. Bu hamma uchun yaxshi: Kuchli va kuchsiz terma jamoalar uchun. Turnir qiziqish bildirmoqda, raqiblarimiz ham yuqori saviyali" - deydi Desham.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.com