Desayi Benzema haqida: "Ronaldu ketgach, u o'zini ko'rsata oldi. Unga qadar Karim Krishtianu ixtiyorida edi"
12 jan 2022 10:21
Yangiliklar
Desayi Benzema haqida: "Ronaldu ketgach, u o'zini ko'rsata oldi. Unga qadar Karim Krishtianu ixtiyorida edi"
Franciya terma jamoasi sobiq futbolchisi Marsel Desayi "Real" forvardi Karim Benzemaning o'yiniga baho berdi.
"Ronaldu ketgach, u o'zini yaxshi tomondan ko'rsata oldi. Unga qadar esa Karim Krishtianu ixtiyorida edi.
U har kuni Iguain yoki Morata kabi futbolchilardan foydaliroq ekanligini isbotlashiga to'g'ri kelardi va natijada, aynan Karim Madridda qoldi. Florentino Peres unga ishonch bildirdi va Benzema bazi ko'rsatkichlar bo'yicha Ronalduni ham ortda qoldirishni uddaladi.
Bazan unga etarlicha baho berilmasada, Karim juda muhim futbolchi va jamoasiga katta foyda keltiradi", – dedi Desayi.
Fikrlar